
Foto: «Geeky Gadgets»
Yaponiyaning RIKEN fan-texnologiyalar instituti olimlari koronavirus infeksiyasining tarqalish modelini yaratishdi, bunda «Fugaku» superkompyuteridan foydalanildi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Koronavirus bilan kasallangan inson turli joylarda yo‘talganida mikroskopik tomchilar qanday tarqaydi? Masalan, oynalari ochiq poyezd vagonida yoki yopiq binoda? Yaponiyalik olimlar bu kabi savollarga superkompyuter yordamida shakllantirilgan model orqali javob olishdi.
Tadqiqotchilardan biri — Subokura Makotoning aytishicha, olingan natijalar asosida tavsiyalar ishlab chiqishga kirishilgan — iyul oyida tayyor bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar