Foto: Alex Tai / SOPA Images / LightRocket via Getty Images
13 oktabr kuni Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadi. Kompaniya aynan nimalarni namoyish etishiga aniqlik kiritmagan, lekin bozor tahlilchilari yangi iPhone kutishmoqda.
Yangi displey
Insayderlarning ma’lumot berishicha, 13 oktabrda kompaniya tarixidagi eng katta displeyga ega iPhone taqdim etiladi. Xususan, 9to5Mac nashri tahlilchi Min-Chi Kuoga tayanib taqdimotda diagonali 6,7 dyuymli OLED-displeyga ega smartfon namoyish etilishini yozmoqda. Yangi iPhone ekrani 6,5 dyuymdan katta bo‘lishi haqida Bloomberg ham yozgandi.
Yangi sensor
Yangi Apple smartfonining Pro-versiyasi LiDAR skaneri bilan jihozlanadi, deb yozadi Bloomberg. Bu sensor to‘ldirilgan voqelik ilovalari (AR-ilova) ishlashini yaxshilaydi.
Uchta kamera
Bloomberg manbalari va Min-Chi Kuoning ma’lumot berishicha, iPhone 12 Pro va 12 Pro Max uchta kameraga ega bo‘ladi. Arzonroq modellar esa ikkita kamera bilan jihozlanadi.
Yangicha dizayn
Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanning yozishicha, Apple smartfonlari 2017 yildan buyon ilk bor mutlaqo yangicha dizaynda chiqadi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, dizaynerlar korpus chetlarining yassi bo‘lishidan qochishgan. Shuningdek, iPhone 12 korpusi aluminiydan tayyorlanadi, qimmatroq Pro modellariniki esa zanglamaydigan po‘latdan ishlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi