Foto: Getty Images
Quruq havodagi quyosh nurlaridan foydalanib cho‘lda ham suv hosil qiladigan moslama yaratildi. Bu orqali elektr cheklangan uzoq hududlarda ekologik toza suv manbasini yaratish mumkin bo‘ladi.
Ushbu moslama quruq havoda oz miqdordagi suvni ham so‘rib olish imkoniyatiga ega. Qurilmaning o‘ziga xosligi shundaki, u havoda 20 foiz namlik bo‘lganda ham suvni yig‘a oladi. Masalan, shudring, tumandan suv yig‘uvchi oddiy moslamalar havodagi namlik 50 foiz bo‘lgandagina ishlaydi.
Tumanli hududlar kamligi, tumandan suv yig‘ish ko‘p energiya talab qilgani uchun bu texnologiya noqulaylik paydo qiladi. Atmosferadan suv yig‘ib olish moslamasi ayniqsa markazlashtirilgan suv ishlab chiqarish infratuzilmasi bo‘lmagan hududlarga mos keladi.
«Suv tanqis bo‘lgan joylarda suv bilan ta’minlaydigan turli xil texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish juda muhim. Iqlim o‘zgarishi suv yetishmovchiligini keltirib chiqarayotgan paytda bunday texnologiyalar juda kerak», deydi Massachusets Texnologiya instituti xodimi Alina LaPotin.
Moslama tunda havodan suv bug‘larini to‘playdi. Kun davomida quyosh changini yutuvchi maxsus panelda to‘plangan issiqlik suvni materialdan chiqarib yuboradi. Yangi texnika foydalanish uchun xavfsiz deb topildi. Uning og‘irligi atigi 7 kg bo‘lib, 1 kvadrat metrli quyosh yutgichi har kuni 0,77 litr suv ishlab chiqara oladi. Hozirda qurilma orqali ko‘proq suv yig‘ish yo‘llari o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi