21:50 / 22.10.2020
3 205

Cho‘l havosidan suv oladigan moslama yaratildi

Cho‘l havosidan suv oladigan moslama yaratildi
Foto: Getty Images
Quruq havodagi quyosh nurlaridan foydalanib cho‘lda ham suv hosil qiladigan moslama yaratildi. Bu orqali elektr cheklangan uzoq hududlarda ekologik toza suv manbasini yaratish mumkin bo‘ladi.

Ushbu moslama quruq havoda oz miqdordagi suvni ham so‘rib olish imkoniyatiga ega. Qurilmaning o‘ziga xosligi shundaki, u havoda 20 foiz namlik bo‘lganda ham suvni yig‘a oladi. Masalan, shudring, tumandan suv yig‘uvchi oddiy moslamalar havodagi namlik 50 foiz bo‘lgandagina ishlaydi.

Tumanli hududlar kamligi, tumandan suv yig‘ish ko‘p energiya talab qilgani uchun bu texnologiya noqulaylik paydo qiladi. Atmosferadan suv yig‘ib olish moslamasi ayniqsa markazlashtirilgan suv ishlab chiqarish infratuzilmasi bo‘lmagan hududlarga mos keladi.

«Suv tanqis bo‘lgan joylarda suv bilan ta’minlaydigan turli xil texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish juda muhim. Iqlim o‘zgarishi suv yetishmovchiligini keltirib chiqarayotgan paytda bunday texnologiyalar juda kerak», deydi Massachusets Texnologiya instituti xodimi Alina LaPotin.

Moslama tunda havodan suv bug‘larini to‘playdi. Kun davomida quyosh changini yutuvchi maxsus panelda to‘plangan issiqlik suvni materialdan chiqarib yuboradi. Yangi texnika foydalanish uchun xavfsiz deb topildi. Uning og‘irligi atigi 7 kg bo‘lib, 1 kvadrat metrli quyosh yutgichi har kuni 0,77 litr suv ishlab chiqara oladi. Hozirda qurilma orqali ko‘proq suv yig‘ish yo‘llari o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Cho‘l havosidan suv oladigan moslama yaratildi