15:21 / 11.02.2021
2 357

Hyundai birinchi «yuradigan mashina» — Tiger’ni namoyish etdi

Hyundai birinchi «yuradigan mashina» — Tiger’ni namoyish etdi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Hyundai kompaniyasi g‘ildiraklari mexanik «oyoqlarga» aylana oladigan o‘zining Tiger mashinasini namoyish etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Tiger X-1 loyihasi — Hyundai tomonidan tajriba maqsadida yaratilgan New Horizons Studio kompaniyasining loyihasi hisoblanadi. U oddiy avtomobil va robot-transformer o‘rtasidagi mashinaga o‘xshash bo‘lib, oddiy yo‘llarda to‘liq uzatmali avtomobil kabi harakatlana oladi. Zarurat tug‘ilganida esa mexanik «oyoqlari» yordamida murakkab to‘siqlarni bosib o‘tishga qodir.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Shunday qilib, Hyundai kompaniyasi kelajak transporti uchun yangi g‘oyani sinab ko‘rishga urinmoqda — hozirda Tiger X-1 o‘lchami jihatidan dron yoki o‘yinchoq avtomobil kabi uning yordamida u qadar og‘ir bo‘lmagan yuklarni murakkab sharoitda tashish mumkin. Kelajakda g‘oya muvaffaqiyatli chiqsa, uni to‘liq o‘lchamda amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Bu kabi qurilmadan ko‘plab sohalarda foydalanish mumkin. Agar kichikroq varianti olinadigan bo‘lsa, bu turdagi dron-yetkazib beruvchilar ko‘plab to‘siqlar mavjud shahar sharoitlarida foyda beradi. Katta formatda esa yuradigan avtomobil odamlarni tog‘ yoki masalan, Marsga tashishi mumkin.

Kompaniya hozircha bu kabi texnikaning narxi qancha bo‘lishi va u qachon ommaviy ishlab chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilishga tayyor emas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hyundai birinchi «yuradigan mashina» — Tiger’ni namoyish etdi