Har bir ayol vaqti-vaqti bilan bel og‘rig‘ini boshdan kechiradi. Ko‘pchilik bu muammoni noto‘g‘ri o‘tirish yoki harakatsiz turmush tarzi bilan bog‘liq deb o‘ylaydi. Biroq buning sababi garderobda bo‘lishi mumkinligini bilasizmi? Yaxshi tomoni shundaki, muammoning yechimi juda oddiy. Bel salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uchta narsadan imkon qadar kamroq foydalanish mumkin. Grazia nashri ular haqida batafsil ma’lumot berdi.
Baland poshnali tuflilar
Foto: Grazia
Muntazam ravishda baland poshnali tufli kiyadigan ayollarda bel og‘rig‘i kuzatilishi tabiiy. Ushbu turdagi poyabzallar qomatni tubdan o‘zgartiradi — bo‘ksa qism g‘ayritabiiy ravishda oldinga chiqib, belni ortiqcha zo‘riqtiradi. Imkon qadar baland poshnali tuflilarni maxsus joylargagina kiyish yoki bel bilan bog‘liq muammolar his qilinsa, almashtirish uchun har doim qulay bo‘lgan baletka olib yurish tavsiya etiladi.
Hajman katta sumkalar
Foto: Grazia
Qizlar, albatta, juda ko‘p, ayniqsa, bir kun kelib kerak bo‘lib qoladigan narsalarni o‘z ichiga olgan og‘ir va katta sumkalarni olib yurishga odatlangan. Ushbu aksessuar tufayli yuk gavda qismiga bir tekisda taqsimlanmaydi — bo‘yin va umurtqa pog‘onasining faqat bir qismigina og‘irlikni ko‘tarib yurishga majbur. Hamisha sumkada ko‘p narsa olib yurishga to‘g‘ri kelsa, ryukzaklardan foydalanish ham qulay, ham zararsizdir.
Tor bichimdagi djinsi shimlar
Foto: Grazia
Urfning yaxshi tomoni shundaki, hozirda qizlar ko‘proq keng bichimdagi djinsi shimlarga murojaat qilmoqda, ammo ba’zilari hali ham tor djinsilar bilan xayrlashishni xohlamaydi. Albatta, bu yaxshi emas. Shimlarning tor bichimdagi modeli oyoq, son va belga bosim o‘tkazadi. Bu erkin harakatlanishga to‘sqinlik qiladi va odatdagidan ko‘ra ko‘proq bel siqilishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar