17:00 / 24.07.2022
6 684

Bel og‘rig‘ining paydo bo‘lish sabablari va undan xalos bo‘lishning 7 ta usuli

Bel og‘rig‘ining paydo bo‘lish sabablari va undan xalos bo‘lishning 7 ta usuli
Foto: «Yandex.ru»
Og‘riq, tortishish... Bel og‘rig‘i insonni har qanday vaqtda bezovta qilishi mumkin. Ko‘p hollarda bel og‘rig‘i umurtqa pog‘onasidagi kasalliklar sabab emas, noto‘g‘ri turmush tarzi orqali yuzaga keladi. Mutaxassislar undan xalos bo‘lishning bir nechta usullari haqida ma’lumot bergan.

Nofaol turmush tarzi

Foto: «Noviy ochag»
Uzoq vaqt davomida bir joyda o‘tirish, masalan, ofisda kun davomida bir joyda ishlash bo‘yin va yelka bo‘g‘imlariga zarar yetkazadi. Bundan tashqari biror joyga piyoda borsangiz ham keyinroq bo‘g‘imlarda og‘riq yuzaga kelishi mumkin.

Agar tanangizda og‘riq yuzaga kelishini oldini olmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda kompyuteringiz ekranini ko‘z masofasiga moslab uzoqlashtiring yoki yaqinlashtiring. Iloji bo‘lsa, tik turgan holda ko‘proq vaqt sarflashga harakat qiling.

Og‘ir sumkalar

Foto: «Yandex.ru»
Hech kimga sir emaski, gadjetlar, hamyon, suv idishi, tushlik uchun idish, kosmetika va boshqa ko‘p narsalar solingan katta sumkani ko‘tarib yurish belda og‘riq yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, yuk notekis taqsimlangan bo‘lsa, masalan, bir yelkangizga sumkani osib yursangiz og‘riq paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi.

Bu holatning oldini olish uchun haftada kamida bir marta sumkangizning ichidagi narsalarni tartibga keltiring va ortiqcha narsalarni bir chetga olib qo‘ying. Agar siz og‘ir narsalar solingan sumkani olib yurishingiz kerak bo‘lsa, qo‘shimcha kamarlari bo‘lgan ergonomik sumkadan foydalaning.

Haddan tashqari hissiyotga berilish

Foto: «Noviy ochag»
Stress nafaqat ruhiy, balki jismoniy holatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tajribalar stress paytida qilingan harakatlar tanada og‘riqning ham yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan.

Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun ruhiy sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling va stressdan o‘z vaqtida qanday qutulishni o‘rganing. Tasdiqlangan usullardan biri yoga bilan shug‘ullanish hisoblanadi.

Chekish

Foto: «Yandex.ru»
Chekishning zararlari haqida cheksiz gapirish mumkin. Bu yomon odatni tark etish uchun yana bir isbot: tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish umurtqa pog‘onasini ushlab turadigan mushaklarning asta-sekin degeneratsiyasiga va doimiy bel og‘rig‘ining paydo bo‘lishiga olib keladi.

Chekishni tashlashga harakat qiling. Ruhiy salomatligingizga e’tibor bering va mutaxassis bilan maslahatlashing. Gipnolog bilan bog‘laning salomatlik bilan bog‘liq barcha maslahatlarga amal qiling.

Sport bilan shug‘ullanish

Foto: «Noviy ochag»
Intensiv va muntazam sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish sog‘lig‘ingizga foyda, biroq siz sport bilan shug‘ullanganingizdan keyin bel og‘rig‘ini his etayotgan bo‘lsangiz mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni biroz kamaytirishingiz kerak.

Bel og‘rig‘i yuzaga kelmasligi uchun jismoniy mashq qilish uchun foydalaniladigan jihozlarining shakli va og‘irligiga e’tibor bering, ayniqsa boshingizga og‘irligi tushadigan jihozlardan ehtiyot bo‘lib foydalaning. Agar hamma narsani to‘g‘ri bajarayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, fitnes o‘qituvchisidan yordam so‘rang.

Osteoporoz

Foto: «Noviy ochag»
Bel og‘rig‘ining patologik sabablaridan biri osteoporoz hisoblanadi. Bu kasallik ko‘pincha tananing yuqori orqa qismida og‘riq va bo‘g‘imlarda zaiflik hissini yuzaga keltiradi. Ayollarda osteoporoz ko‘pincha gormon bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lgan paytda rivojlanadi, biroq u ertaroq, 35 yoshda yoki undan keyinroq ham bo‘lishi mumkin.

Tashxis qo‘yilishi uchun siz tekshiruvdan o‘tishingiz kerak. Keyin shifokor maxsus dori-darmonlarni yoki fizioterapiya kursini belgilaydi.

Kislotali refluks

Foto: «Yandex.ru»
Oshqozonning kislotali refluksiyasi juda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradi, shu jumladan yuqori orqa tarafdagi o‘tkir og‘riqlar, so‘ngra yurak urishida o‘zgishlarni keltirib chiqaradi.

Bu holatda oshqozon buzilishi, kasallikdagi boshqa belgilar kuzatilsa, uni muvaffaqiyatli davolash mumkin. Tashxisni tasdiqlash uchun siz gastroenterologga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bel og‘rig‘ining paydo bo‘lish sabablari va undan xalos bo‘lishning 7 ta usuli