Foto: Stocksy
Ertalabki taomga oqilona yondashish orqali kun davomida bardam va tetik yura olish imkonimiz oshadi. To‘g‘ri tanlangan nonushta uyquchanlik va apatiyani yo‘q qiladi, sog‘liq va kayfiyatni yaxshilab, vaznni bir xil saqlashga va kun davomida ishtahani kamayishiga yordam beradi. Ammo bugungi kunda nonushta qilmay ishga otlanadigan insonlar soni ortib bormoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, nonushtani rad etish taraqqiy etgan mamlakatlarda global semirishning asosiy sababidir. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, ertalab uyqudan turgandan so‘ng qancha vaqt ichida nonushta qilishimiz metabolik sog‘liqqa o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ertalab ovqatlanmaydiganlar yiliga 3-5 kilogrammgacha vazn orttiradi va 35-50 yoshga borib ularda semizlik bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘ladi. Nima sababdan nonushta — kunning eng muhim taomi degan tushuncha ilmiy jihatdan haqiqat ekanini quyidagi maqolada ko‘rib chiqamiz.
Avvalo nonushta o‘zi nima degan savolga javob beramiz:
Nonushta — bu uyg‘ongach ikki soat davomida iste’mol qilingan taom, unga kofe yoki choy kabi ichimliklar kirmaydi. Gastroenterologlar va diyetologlar ertalabki qahvani och qoringa ichishni tark etishni maslahat berishadi. Bu odat oshqozon-ichak trakti holatiga salbiy ta’sir qiladi.
Foto: Stocksy
Juda kech uyg‘onadigan insonlar diqqatiga
2022 yilda Garvard, Chikago universiteti va boshqa ilmiy muassasa tadqiqotchilari kech nonushta qilishning hazm tizimiga ta’sirini aniqlash uchun jismoniy faollik, uyqu va hatto yorug‘lik kabi omillarni hisobga olgan holda o‘rganib chiqdilar.
Uyg‘ongach, 4-5 soat o‘tgandan so‘ng ovqatlanish nimalarga olib keladi?
- Ochlik hissi ortib boradi. Bosh miyaga to‘yinganlik haqida signal beruvchi leptin gormoni darajasi pasayadi va tez-tez tamaddi qilish odati shakllanadi;
- Energiya sarfini kamaytirishga olib keladi. Kaloriyalarni yo‘qotishda qiyinchiliklar vujudga keladi;
- Organizmda yog‘ birikmalarining ko‘payishi hisobiga genlar ifodasida o‘zgarishlar yuz beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, nonushtadan voz kechish oshqozon bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi uchun ideal sharoitdir. Ayniqsa, ortiqcha vazndan aziyat chekadigan insonlar nonushtani o‘tkazib yubormasliklari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi