Foto: Shutterstock
Magniy mikroelementi sog‘liq uchun shunchalik muhimki, u organizmdagi deyarli barcha jarayonlarga — asab impulslarining uzatilishi, qonning suyuqlik darajasi, yurak va qon-tomir tizimi, foydali moddalarning organizm tomonidan singdirilishi va yaxshi kayfiyatga javob beradi.
Tibbiyotda magniyga stress, charchoq, tushkunlik va depressiya bilan kurashadigan eng samarali element sifatida qaraladi. Normada inson tanasida 25 gramm magniy moddasi mavjud. Ushbu yengil metall 360 ga yaqin moddalar almashinuvida ishtirok etadigan hayot uchun eng zarur mikroelement sanaladi. Uning foydali tomonlari:
Suyaklarni mustahkamlaydi
Agar organizmda magniy yetishmasa, suyak to‘qimalarining asosi sanalgan kalsiy organizmda so‘rilmaydi va natijada osteoporoz — bo‘g‘imlarda kalsiy yig‘ilib qolishi kasalligi rivojlanadi.
Diabetga chalinishdan saqlaydi
Magniy qondagi glyukoza miqdorining me’yorda bo‘lishiga javob beradi va metabolizm jarayoni tezroq ishlashiga ko‘mak beradi.
Yurak va qon-tomirlar uchun muhim
Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, magniy preparatlarini qabul qilish va uning qondagi miqdorini tartibga solish insultga chalinish xavfini bir necha martaga kamaytiradi, chunki magniy yurakning normal faoliyati uchun muhim modda sanaladi.
Teri salomatligi va go‘zalligi manbai
Inson ulg‘aygani sari organizmda kollagen sintezi sekinlashib boradi, magniy yetishmaganda esa bu jarayon bir necha marta tezroq amalga oshadi. Teriga barvaqt ajin tushishi va uning elastikligi yo‘qolishi ham magniy bilan bog‘liq.
Shuningdek, ushbu modda uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, asabiylikni bartaraf etadi, klimaks davri yengilroq kechishiga yordam beradi va immunitetni oshiradi.
Magniyga boy oziq-ovqatlar
Foto: Shutterstock
Kattalar iste’mol qilishi tavsiya etilgan bir sutkalik magniy miqdori — 500 mg. Buning uchun magniyga boy quyidagi mahsulotlarni taomnomaga kiritish tavsiya etiladi. 100 gramm mahsulotdagi magniy miqdori milligrammda (mg):
- Bug‘doy kepagi – 560;
- Kakao kukuni – 440;
- Grek va kedr yong‘og‘i, keshyu, qovoq, kungaboqar va kanakunjut urug‘lari – 270 gacha;
- Dukkaklilar, grechka – 250 gacha;
- Yangi undirilgan bug‘doy donlari — 250;
- Qora shokolad – 200;
- Suli yormasi, arpa donlari va tozalanmagan guruch – 100;
- Sut mahsulotlari – 100 gacha;
- Magniy tuzlari qo‘shilgan mineral suv – 950 gacha.
Bundan tashqari, magniy moddasi yangi uzilgan yashil va olovrang meva va sabzavotlar tarkibida ko‘p uchraydi. Magniy organizmda yaxshi so‘rilishi uchun kalsiy ham qabul qilish lozim. Qo‘shimcha preparatlarni shifokor tavsiyasiga ko‘ra ichish kerak, vitamin va minerallarning me’yordan oshib ketishi mumkin emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”