14:44 / 05.06.2022
1 320

Tesla elektrokarlari yomg‘ir vaqtida oynalarini avtomatik yopishni o‘rganib oladi

Tesla elektrokarlari yomg‘ir vaqtida oynalarini avtomatik yopishni o‘rganib oladi
Foto: Drive Tesla
Ilon Mask an’anaviy ravishda Tesla egalarining ko‘plab savollariga javob berib keladi va yaqindagi suhbatda u elektormobillarda yangi — yomg‘ir vaqtida avtoturargohdagi mashinaning oynalari avtomatik yopilishini ta’minlovchi funksiya paydo bo‘lishini tasdiqladi. Kompaniya rahbarining aytishicha, avtomobil funksiyasida oynalarni avtomatik yopuvchi imkoniyat mavjud, deb xabar beradi Motor.

Tesla sozlamalari oyna va eshiklarni bloklashning bir nechta ssenariysini taqdim etadi, biroq u ob-havo sharoitini hisobga olmagan. Walk-AwayDoor Lock nomli birinchi ssenariyni qulflar sozlamasi bo‘limi orqali faollashtirish mumkin — bu holatda haydovchi smartfon yoki brelok bilan avtomobil salonini tark etsa, yukxona hamda eshiklar avtomatik ravishda yopiladi. Shuningdek, yopilmagan oyna va eshiklar to‘g‘risidagi telefonga xabarnoma keladi.

Foto: Drive Tesla
Kelajakda elektromobilning funksionalligi kengayadi va tizim ob-havoni farqlashni o‘rganib oladi. Taxminlarga ko‘ra, mashina yomg‘ir yog‘ishni boshlasa, oynalarini avtomatik ravishda ko‘tara boshlaydi. Bu funksiyani Tesla avtoturargohga qo‘yilgan mashinada bolalar yoki hayvonlarni aniqlash tizimi bilan birlashtirishi mumkin.

Vaqti-vaqti bilan Tesla avtomobillariga noodatiy va ba’zida bema’ni funksiyalar qo‘shilib turadi. Masalan, 2021 yilning oxirida elektrokar egalari mashinadan megafon sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Megaphone nomini olgan funksiya yordamida salonda aytilgan barcha gaplarni baland tovushda translyatsiya qilish mumkin.

Bundan oldin, Tesla Yevropada o‘zining birinchi zavodini ochgani, Ilon Mask qariyb 6 mlrd dollarlik Tesla aksiyalarini xayriya qilgani, Tesla 2021 yilda qariyb 1 million dona elektromobil sotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla elektrokarlari yomg‘ir vaqtida oynalarini avtomatik yopishni o‘rganib oladi