Rossiyada noyabr oyida eng ko‘p sotilgan kamlitrajli avtomobil sifatida Ravon R2 modeli qayd etilgan, deya xabar qilmoqda «Avtostat Info». O‘tgan oyda, tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, RFda jami 190 dona O‘zbekistonda ishlab chiqilgan avtomobil sotilgan.
Ixcham avtomobillar segmentida ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya vakili KIA Picanto egallagan. Bu mashinadan 91 dona sotilgan bo‘lib, bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 20,2 foizga kam demakdir. Noyabr oyidagi kamlitrajli avtomobillar etakchi uchligidan, shuningdek, Daewoo Matiz ham o‘rin olgan. Uning savdosi 8,1 foizga pasaygan va bir oyda jami 68 ta mashina sotilgan. Noyabr oyi yakuni bo‘yicha TOP-5 segmentiga Smart Fortwo (61ta, o‘tgan yilga nisbatan +177,3 foiz) va Smart Forfour (57ta) modellari ham kira olgan.
«Avtostat Info» hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, A-tasnifidagi avtomobillar savdo hajmi noyabr oyida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 119,4 foizga o‘sgan va 474 donani tashkil etgan. Shunga qaramay, joriy yilning 11 oyi bo‘yicha 4,23 foizlik pasayish kuzatilmoqda va o‘tgan davr mobaynida 3451 dona shu tasnifdagi avtomobil sotilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?