Jismoniy shaxslarni kreditlash shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Aksiya kreditlash davri va foiziga taalluqli, deya xabar berdi “Aloqabank” axborot xizmati.
Endilikda, “GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni sotib olish uchun ajratiladigan avtokreditlar hamda boshqa iste’mol kreditlari bo‘yicha:
- kredit muddati 12 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo‘lsa, foizi yillik 16 foiz;
- kredit muddati 18 oygacha (imtiyozli davrsiz) bo‘lsa, foizi yillik 18 foiz.
Shuningdek, avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal sifatida qabul qilinadigan kreditning 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal summasi sotib olingan avtomashina garovga taqdim qilingandan so‘ng to‘liq kreditni so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi.
Jismoniy shaxslarga 18 oydan ortiq muddatga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha hozirgi kunda amalda bo‘lgan kreditlash shartlari o‘zgarishsiz qoladi.
Qayd etilishicha, aksiya 2018 yil 15 sentyabrgacha davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi