
Foto: DPA
Germaniya bundestagi deputatlarning Ukrainaga og‘ir qurollar yetkazib berish to‘g‘risidagi taklifini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi.
Parlament qarorida bundestag Germaniya hukumatini "Ukrainaga zarur texnikani yetkazib berishni davom ettirish va imkon boricha tezlashtirish hamda og‘ir va murakkab tizimli qurollar yetkazishni kengaytirish"ga chaqirgan.
Shu bilan birga, hujjatda ta’kidlanishicha, bu texnikalarni Ukrainaga yetkazib berish Germaniya mudofaa salohiyatiga putur yetkazmasligi lozim.
"Germaniya bundestagi Rossiyaning Ukrainaga qarshi shafqatsiz urushini keskin qoralaydi. Rossiya o‘z harakatlari bilan xalqaro va gumanitar huquqni qo‘pol tarzda buzdi va Yevropadagi tartibni butkul izdan chiqarishga urinmoqda", - deyiladi bundestag qabul qilgan hujjatda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar