
Foto: «Delfi»
Belarus — Yevropa va MDHdagi o‘lim jazosi qo‘llanilayotgan yagona mamlakat. Otuv yo‘li bilan amalga oshiriladigan ushbu jazo mamlakat sudlari tomonidan inson o‘limiga sabab bo‘lgan o‘ta og‘ir holatlardagi jinoyatlar uchun qo‘llanib kelingan.
Mamlakat Milliy yig‘ini vakillar palatasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritishni ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Unda terakt amalga oshirishga uringanlik uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilishi imkoniyatlari ko‘zda tutilgan.
Belarus ommaviy axborot vositalari yozishicha, ushbu choradan maqsad buzg‘unkor unsurlarni tiyib qo‘yish hamda terrorchilik faoliyatiga qarshi davlatning qat’iyatli kurashini namoyish etishdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar