GeForce RTX 50 Laptop videokartalari unumdorligini oshirish yoʻli topildi

GeForce RTX 50 Laptop videokartalari unumdorligini oshirish yoʻli topildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • NvpwrControl vositasi yordamida noutbuklardagi GeForce RTX 50 Laptop grafik kartalari uchun quvvat chegarasi sezilarli darajada oshirildi.
  • Dastlabki sinovlarda RTX 5070 Ti Laptop uchun quvvat 115 W dan 180 W gacha ko'tarildi, bu esa deyarli 30 foizga o'sishni ta'minladi.
  • RTX 5080 Laptop va RTX 5090 Laptop modellarida ham quvvat chegarasi 225 W gacha oshirilishi mumkinligi aniqlandi.

ixbt.com nashrining xabar qilishicha, noutbuklardagi GeForce RTX 50 Laptop grafik kartalari imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkoniyati paydo boʻldi. Dasturchi LevinAi-arch tomonidan yaratilgan yangi NvpwrControl vositasi mobil 3D-kartalarning quvvat chegaralarini yuqoriga koʻtarishga yordam beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu loyiha dastlab RTX 5070 Ti Laptop video-kartasi bilan jihozlangan Lenovo Legion Pro 5 Gen 10 noutbuki asosida sinovdan oʻtkazilgan. Ushbu grafik chip sukut boʻyicha 115 W quvvat chegarasiga ega boʻlib, Dynamic Boost texnologiyasi hisobiga unga yana 25 W qoʻshilishi mumkin edi.

Biroq yangi dastur yordamida muallif ushbu koʻrsatkichni naqd 180 Wgacha, yaʼni deyarli 30 foizga oshirishga muvaffaq boʻldi. Bu kabi oʻzgarishlar mobil qurilmalar uchun oʻyinlarda va resurs talab qiluvchi dasturlarda sezilarli tezlanishni taʼminlashi mumkin.

Boshqa flagman modellar uchun ham imkoniyatlar mavjud

Eksperimental tarzda RTX 5080 Laptop hamda RTX 5090 Laptop modellarini ham qoʻllab-quvvatlash imkoniyati koʻzda tutilgan. Ushbu yuqori unumdorlikdagi grafik kartalar uchun quvvat chegarasini 225 Wgacha oshirish yoʻli topilgan.

Hozircha keng qamrovli test natijalari eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, quvvat koʻrsatkichlari dastlabki holatda qattiq cheklangan ushbu kartalar uchun bunday sakrash unumdorlikning sezilarli darajada oʻsishiga olib kelishini taxmin qilish qiyin emas.

Shunga qaramay, mutaxassislar foydalanuvchilarni ehtiyot boʻlishga chaqirmoqda. Gap noutbuklar haqida ketayotganligi sababli, qurilmaning sovutish tizimi va elektr quvvati taminoti bunday yuqori yuklamalarga dosh berolmaslik xavfi ham mavjudligini yodda tutish lozim.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar