17 sentyabr kuni Toshkentda ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet 17 sentyabr kuni Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.
Prognozga ko‘ra, poytaxtda ertaga havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo harorati 16–18 daraja, kunduzi esa 30–32 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.






























Izohlar 0
…