10:08 / 25.05.2022
953

Turkiya Ukrainada «tibbiy yo‘lak» tashkil etishni taklif qilmoqda

Turkiya Ukrainada «tibbiy yo‘lak» tashkil etishni taklif qilmoqda
Foto: «UNIAN»
Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Ukrainada bemorlar va yaradorlarni jangovar zonalardan evakuatsiya qilish uchun tibbiy yo‘lak tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Faxriddin Koji Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 75-sessiyasida ma’lum qildi.

Turkiya tegishli tashkiliy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi.

«Rossiya—Ukraina mojarosi mobaynida Turkiya mintaqaga o‘zining gumanitar yordamini, birinchi navbatda, dori-darmon va tibbiy buyumlarni jo‘natdi. Hozir ayniqsa, bemorlar va yaradorlarni evakuatsiya qilish uchun xavfsiz tibbiy koridor yaratish zarur. Turkiya evakuatsiya va tibbiy yordam masalalarida o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma narsani qilishga tayyor», — dedi Koji.

Turkiya vaziri JSST boshchiligidagi xalqaro hamjamiyatni ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Rossiya Ukrainada «maxsus harbiy operatsiyani» boshlaganidan beri Turkiya Moskva hamda Kiyev o‘rtasidagi urushga barham berish uchun vositachilik qilishga urinmoqda. Turkiya prezidenti bir necha marta Ukraina va Rossiya davlat rahbarlari Vladimir Zelenskiy hamda Vladimir Putinning uchrashuvini tashkillashtirishga intilgan.

11 aprelda Erdo‘g‘on Turkiyaning Rossiya va Ukraina nizosini to‘xtatish uchun barcha shart-sharoitlarni hozirlashga tayyorligi, ikki davlat o‘zaro nizoni muzokaralar bilan hal etishi kerakligini ta’kidlagan. 30 aprelda Turkiya davlat rahbari Anqaraning BMT boshchiligidagi guruh bilan birgalikda Ukrainaga gumanitar yordam taqdim qilishga tayyorligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Ukrainada «tibbiy yo‘lak» tashkil etishni taklif qilmoqda