Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston xalqiga murojaat qildi

1 daqiqa o'qish2K
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston xalqiga murojaat qildi
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bo‘lajak referendum munosabati bilan murojaat qildi, deb xabar berdi Zakon.kz.

«Mamlakatimiz tarixida ilk bor Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar umumxalq referendumi orqali kiritiladi.

Referendum o‘tkazish Qozog‘istonda rivojlangan demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadamdir. Bir oy davomida mamlakatimizda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar loyihasi bo‘yicha qizg‘in muhokamalar bo‘ldi. Konstitutsiyaviy islohot jamiyatda keng rezonansga sabab bo‘ldi
», dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

O‘zgartishlar prezidentning imtiyoz va vakolatlarini oshirishga emas, balki hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimini mustahkamlashga, barcha fuqarolarning manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgani ta’kidlandi.

«Referendum o‘tkazuvchi Markaziy komissiya va boshqa vakolatli davlat organlari saylov qonunchiligining barcha normalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi. Ovoz berish jarayonini xalqaro kuzatuvchilar, mamlakatimiz jamoat birlashmalari vakillari kuzatib boradi. Saylov uchastkasida bergan ovozingiz jamiyat hayotining yangi halol va tushunarli qoidalarini belgilashda muhim va ehtimol, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Saylov uchastkasiga kelishingiz bilan siz xalqimizning yuksak darajadagi birdamligi va hamjihatligini namoyish etasiz», dedi Qozog‘iston prezidentdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident To‘qayev referendumda «vakolat muddati uzaytirilishi» masalasiga oydinlik kiritgandi.

Ma’lumot uchun, 5 iyunda Qozog‘istonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishga doir referendum bo‘lib o‘tadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?