Yevropa Ittifoqi ham Alina Kabayevaga qarshi sanksiya joriy qildi

1 daqiqa o'qish1.2K
Yevropa Ittifoqi ham Alina Kabayevaga qarshi sanksiya joriy qildi
Foto: Kommersant’
Afina olimpiadasi chempioni Alina Kabayeva Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga uchradi. O‘zbekistonda tug‘ilgan badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘p marta jahon chempioni avvalroq Britaniya sanksiya ro‘yxatiga ham tushgandi.

Yevropa Ittifoqi deyarli bir oy davomida muhokama jarayonida bo‘lgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini e’lon qildi. Neft embargosi borasida Vengriyaning qarshiligi sabab qabul qilinishi cho‘zilib ketgan bu galgi sanksyaiya ro‘yxatiga 65 nafar Rossiya va Belarus fuqarolari, 18 ta yuridik shaxs kiritilgan.

«Qora ro‘yxat»da «Yandeks» asoschisi Arkadiy Voloj, figurali uchish bo‘yicha Turin olimpiadasi chempioni Tatyana Navka va badiiy gimnastika bo‘yicha Afina olimpiadasi chempioni Alina Kabayeva kabi mashhur nomlarni ko‘rish mumkin. Navka Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xotini hisoblanadi. Ularning farzandlari Yelizaveta hamda Nikolay ham sanksiyaga uchragan.

«Rosneft» sobiq rahbari Eduard Xudaynatov, milliarder Andrey Melnichenkoning xotini Aleksandra Melnichenko, milliarder Aleksey Mordashovning xotini Marina Mordashova, tadbirkor Yevgeniy Prigojinning o‘g‘li Pavel ham senksiyaga uchragan.

Sanksiyalar ro‘yxatida yaqqol ko‘zga tashlanadigan rossiyalik Alina Kabayeva hisoblanadi. Oldinroq Britaniya sanksiyalariga uchragan Kabayeva Rossiya prezidenti Putin bilan yaqin munosabatda ekani aytiladi. Wall Street Journal nashri Kabayevaning Putindan kamida uch nafar bolasi borligini yozgan.

Sanksiyaga tushgan korxonalar ro‘yxatida «Kamaz», «UAZ», «Voyentorg» kabilarni uchratish mumkin. YEI joriy qilgan sanksiyalarning oltinchi paketidagi asosiy cheklov Rossiya neftiga qaratilgan. Unga ko‘ra, endilikda ittifoq davlatlari dengiz orqali Rossiyadan neft sotib olmaydi. Faqat Vengriya, Chexiya va Slovakiya kabi dengizga chiqa olmaydigan davlatlar istisno tariqasida «Drujba» quvurli o‘tkazgichi orqali Rossiyadan neft olishda davom etadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?