Arestovich urush boshidan buyon 10 mingga yaqin ukrain harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi

1 daqiqa o'qish1.1K
Arestovich urush boshidan buyon 10 mingga yaqin ukrain harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
Foto: UNIAN
Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich urush boshidan buyon 10 minggacha ukrain harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini tasdiqladi.

«Bizda mojaro boshlanganidan buyon kuniga o‘rtacha 100 [kishi] qurbon bo‘lmoqda. Ammo Rossiya armiyasida urushning dastlabki 20-30 kunligida har kuni o‘rtacha 1000 [kishi] halok bo‘lgandi. Hozirda kamida 200-300 [rossiyalik] halok bo‘lmoqda», — degan Arestovich jurnalist Mark Feygin bilan suhbatda.

Feyginning bunday hisobdan kelib chiqqan holda, Ukraina armiyasi 10 ming jangchisini yo‘qotgani haqida aytish mumkinmi, deb so‘raganida, Arestovich shunday javob qaytardi: «Ha, taxminan shunday».

Ukraina hukumati so‘nggi bor jami yo‘qotishlar sonini 16 aprel kuni ochiqlagandi. O‘shanda prezident Volodimir Zelenskiy CNN muxbiriga urush vaqtida 2500 nafardan 3000 nafargacha ukrain harbiysi halok bo‘lgani, yana 10 mingga yaqini yaralanganini aytgandi.

10 iyun kuni Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak urushda har kuni 100 nafardan 200 nafargacha ukrain harbiysi halok bo‘lganini aytdi. Bu ukrain rasmiylari tomonidan har kunlik yo‘qotishlar bo‘yicha berilgan eng yuqori ko‘rsatkich edi.

Rossiya mudofaa vazirligi ikki bor rossiyalik harbiylarning yo‘qotishlari to‘g‘risida ma’lumot bergan, oxirgisi — 25 mart kuni berilgan. O‘shanda Ukrainada «maxsus amaliyot» boshlanganidan buyon 1351 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lib, yana 3825 kishi yaralangani aytilgandi.
BBC rus xizmati 10 iyun holatiga ko‘ra Rossiyada hududiy rasmiylar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar asosida urushda 3500 nafardan ortiq harbiy halok bo‘lganini xabar qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?