Bugatti «taqali» krossovkalarini taqdim etdi

1 daqiqa o'qish1.1K
Bugatti «taqali» krossovkalarini taqdim etdi
Foto: Bugatti
Hammaning ham qurbi Bugatti avtomobilini xarid qilishga yetmaydi, biroq fransuz brendining ixlosmandlarida ko‘p, shu sababli ular uchun maxsus kiyim-kechak va oyoq kiyimlar yaratildi. Undan krossovkalari va bir vaqtning o‘zida o‘n turdagi kiyim-kechak predmetlari o‘rin olgan. Kompaniya vakillariga ko‘ra, yangi mahsulotlar o‘zining yuqori texnologikligi va uslubi bilan farqlanadi, deb xabar beradi Motor.

Italiya kompaniyasi UYN for Bugatti kolleksiyasi uchun eng zamonaviy texnik yechimlarni taqdim etgan. Masalan, futbolkalar elastiklik va havo o‘tkazuvchanlikni oshirish maqsadida Haloflex 3D-texnologiyasi yordamida «qo‘yilgan», yomg‘irpo‘shtda esa suv o‘tkazmaydigan va shamolga bardoshli murakkab material ishlatilgan. Shuningdek, Haloflex texnologiyasiga asoslangan isitilgan kurtka va nimcha ham taklif etilmoqda.
Bugatti «taqali» krossovkalarini taqdim etdi
Foto: Bugatti
UYN for Bugatti oyoq kiyimlari kanakunjut urug‘idan olingan yuqori samaradorlikka ega Natex biotolasidan tayyorlangan. Neft asosli materillar bilan taqqoslanganda, u 25 foizga yengil, 50 foiz tezkor va tabiiy bakteriostatik samaradorlikka ega.
Bugatti «taqali» krossovkalarini taqdim etdi
Foto: Bugatti
Krossovkalar EVA-material va rezina protektorli amortizatsiya xususiyati mavjud Horseshoe poshnalariga ega bo‘lib, u Bugatti’ning radiator panjarasi shaklida ishlangan. UYN for Bugatti lineykasi ko‘k, oq, qizil va qora ranglarda — fransuz gipperkarining an’anaviy jilolarida chiqariladi.
Bugatti «taqali» krossovkalarini taqdim etdi
Foto: Bugatti
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?