Rossiyada sudlanganlarning taksi va jamoat transportida ishlashi taqiqlandi
1 daqiqa o'qish1.1K

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlanganlik holati bo‘lgan shaxslarning taksi va jamoat transportida ishlashini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat 11 iyun kuni rasmiy huquqiy axborotlar portalida chop qilingan.
Qonun bilan taksida quyidagi jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan bo‘lsa, ishlash taqiqlanadi: qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, odam o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik, jinsiy daxlsizlik va shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi, jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham sodir etilgan jinoyatlar inobatga olinadi.
Quyidagi moddalar bo‘yicha sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmaganlar avtobus, tramvay va trolleybus haydovchilari bo‘la olishmaydi: jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
Qonun 2023 yil 1 martdan kuchga kiradi.
Rossiya qonunchiligiga binoan og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlik jazo muddati o‘talgandan so‘ng sakkiz yil o‘tib, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa 10 yil o‘tib tugallanadi. Bu haqda sudning tegishli qarori qabul qilinadi.

- #Rossiya Prezidenti
- #Sudlanganlar
- #Taksi Ishlash
- #Jamoat Transporti
- #Jinoyatlar Taqiqi
- #Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…