Yelizaveta II — mutlaq rekordga ikki yildan ozroq qoldi

1 daqiqa o'qish1.7K
Yelizaveta II — mutlaq rekordga ikki yildan ozroq qoldi
Foto: «Fokus»
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II uzoq hukmronlik qilish bo‘yicha tarixdagi ikkinchi monarxga aylandi. U 70 yil va 126 kun hukmronlik qilgan (1927–2016 yillar) Tailand qiroli Pumipon Adulyadet (Rama IX)ning ko‘rsatkichini yangilab, ro‘yxatda bir pog‘ona ko‘tarildi.

Mutlaq rekordni yangilab, birinchi bo‘lishdan esa 96 yoshli ingliz qirolichasini ikki yildan kamroq vaqt ajratib turibdi. Fransiya qiroli Lyudovik XIV (1638–1715 yillar) 72 yil va 110 kun hukmronlik qilgan.

2015 yil sentabrida Yelizaveta II taxtda o‘tirish davomiyligi bo‘yicha britan qirolichasi Viktoriya (1819–1901 yillar)ning rekordini yangilagandi.

Yelizaveta shundoq ham ko‘plab rekordlarni o‘rnatib qo‘ydi: hozirgi davlat rahbarlari orasida eng yoshi ulug‘i, ayol monarxlar orasida eng uzoq vaqt tojni boshida ko‘tarib yurgani.

Yelizaveta II qirolichalik davrida 100 dan ziyod mamlakatga tashrif buyurgan, 21 mingdan ortiq tadbirda qatnashgan. 4 mingta qonunga qirollik sanksiyasini bergan, Londonga davlat tashrifi bilan kelgan 112 nafar davlat rahbarini qabul qilgan. Uning hukmronligi davrida Buyuk Britaniyada 14 nafar bosh vazir, AQSHda 14 nafar prezident almashgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?