Sudanda 16 ming bosh qo‘y ortilgan kema cho‘kib ketdi

1 daqiqa o'qish2.4K
Sudanda 16 ming bosh qo‘y ortilgan kema cho‘kib ketdi
Sudanning Suakin portida bortiga salkam 16 ming bosh qo‘y ortilgan kema cho‘kib ketdi. Sky News Arabia telekanali xabar berishicha, ortiqcha yuklanish, to‘g‘rirog‘i, besh qo‘lni baravar og‘izga tiqish kemani cho‘ktirgan.
Sudanda 16 ming bosh qo‘y ortilgan kema cho‘kib ketdi
Telekanalga intervyu bergan port vakilining aytishicha, Saudiya Arabistoniga (Qurbon hayiti munosabati bilan) jo‘natish uchun 15 800 bosh qo‘y ortilgan «Al-Badr-1» kemasi portning o‘zidayoq suvga g‘arq bo‘lgan. Aslida bu kema ko‘pi bilan 9 ming boshgacha jonivorga mo‘ljallangan, biroq keyinchalik kema konstruksiyasi o‘zgartirilib, maksimal yuk ko‘rsatkichi 12 ming boshgacha oshirilgandi. Shu ham kamlik qildi... salkam 4 ming bosh ortiqcha qo‘yni kemaga amallab sig‘dirishdi. Lekin fizikani aldab bo‘lmaydi...
Sudanda 16 ming bosh qo‘y ortilgan kema cho‘kib ketdi
Darvoqe, kema ekipaji vaqtida evakuatsiya qilingan, odamlar sog‘-omon.

Ko‘p minglab jonivorlarning halokati Qizil dengizda jiddiy ekologik muammoni keltirib chiqarishi mumkin.
Sudanda 16 ming bosh qo‘y ortilgan kema cho‘kib ketdi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?