Poklonskaya Putinning farmoni bilan ishdan bo‘shatilganini aytdi

1 daqiqa o'qish2.3K
Poklonskaya Putinning farmoni bilan ishdan bo‘shatilganini aytdi
Foto: Natalya Poklonskaya Telegram-kanali
Rossiyadagi «Ros'hamkorlik» davlat korxonasi rahbarining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Natalya Poklonskaya o‘z vazifasidan ozod qilindi. Rossiya egallab olganidan keyin Qrim prokurori bo‘lib ishlagan Poklonskaya 2022 yil 2 fevraldan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshqa ishga o‘tishim munosabati bilan «Ros'hamkorlik» rahbarining o‘rinbosari lavozimidan chetlatilishim to‘g‘risida farmon imzoladi. Prezidentimizga ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildiraman», deb yozgan Qrim sobiq prokurori Telegram-kanalida.

Poklonskaya yangi ish joyi haqida ma’lumot bermagan. Rus OAVlarida allaqachon Poklonskaya haqida tanqidiy maqolalar chop etilib, uning urushni qo‘llamaganlar qatorida bo‘lgani tanqid bilan eslandi.

Poklonskaya rossiyalik mustaqil jurnalist Katerina Gordeyeva bilan intervyuda urushni qo‘llamasligi, Rossiyaning rasmiy pozitsiyasiga zid fikr bildirishdan qo‘rqmasligini aytgandi. Sobiq prokuror intervyu davomida urush so‘zini ishlatib bo‘lmasligini aytib kulgan ham. O‘zining ukrain millatiga mansub ekanini ta’kidlagan Poklonskaya Ukraina Rossiya emasligi, u yerda insonlar boshqacha yashashi, fikrlashi haqida gapirgandi.

Aynan shu intervyudan keyin Rossiyada Poklonskayaga nisabatan rasmiy doiralarda salbiy munosabat kuchaydi. «Ros'hamkorlik» rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan Poklonskaya frontga ketgan erini izlayotgan ayollarning murojaatlarini sahifasida e’lon qilib yana tanqidga uchradi. Siyosatchi Rossiyada urush ramziga aylangan Z belgisi qayg‘u va fojiani eslatishini aytgan, urushda vatandoshlari o‘layotgan bir vaqtda Qrim Rossiya tarkibiga o‘tganini bayram qila olmasligini aytgandi. 2022 yil 18 marta Moskvadagi «Lujniki» stadionida rossiyaliklar Putin boshchiligida Qrim Rossiyaga o‘tganining 8 yilligini bayram qilgandi. O‘sha kuni Poklonskaya 42 yoshga to‘lgan.

Ma’lumot uchun, Natalya Poklonskaya 2012-14 yillarda Ukraina Bosh prokuraturasida katta prokuror vazifasida ishlagan. Rossiya tomonidan egallab olingach, 2014 yil martdan 2016 yilgacha Qrim bosh prokurori bo‘lgan. 2016-21 yillarda Rossiya Dumasida deputat bo‘lgan va u yerda ham rossiyalik rasmiylarga xush kelmaydigan harakatlari bilan yodda qolgan. Gordeyeva bilan intervyuda Poklonskaya Dumada qonunlar buyruq bilan qabul qilinishiga ishora qilgandi.

Natalya Poklonskaya Qrim prokurori lavozimida ishlay boshlagach, Ukrainada xoin deb e’lon qilingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?