AQSH Ukrainaga har oy 1,5 mlrd dollardan ajratishga qaror qildi

1 daqiqa o'qish1.7K
AQSH Ukrainaga har oy 1,5 mlrd dollardan ajratishga qaror qildi
Foto: «TASS»
Vashington Ukraina hukumati faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turish uchun Kiyevga har oy 1,5 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi «RBK». Bu haqda AQSH davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Derek Xogan Uilson tahlil markazidagi diskussiyada.

«Biz bu maqsadga turli mexanizmlar orqali allaqachon 1 milliard dollar ajratdik, va to‘rt-besh oy mobaynida har oy taxminan yana 1,5 milliard dollardan yo‘naltirmoqchimiz», — dedi Xogan.

21 may kuni AQSH prezidenti Jo Bayden 2022-moliya yilida Kiyevga 40,1 milliard dollar ajratishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini imzolagandi. Bloomberg aniqlik kiritishicha, 6 milliard dollar Kiyevga xavfsizlik sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘mak bo‘ladi, 8,8 milliard dollar iqtisodiy ko‘mak sifatida, 9,05 milliard dollar Pentagon tomonidan berilgan qurol-yarog‘ zaxirasini to‘ldirishga, 4 milliard dollar Ukrainaga qurol yetkazib berayotgan boshqa mamlakatlarga, 4,35 milliard dollar global oziq-ovqat va gumanitar yordam uchun, 700 million dollar esa Davlat departamenti tomonidan oziq-ovqat moliyalashtiruviga yo‘naltiriladi.

1 iyun kuni Bayden Ukrainaga harbiy yordamning navbatdagi, 700 million dollarlik paketi taqdim etilishini e’lon qildi, unga HIMARS baravar o‘t ochish tizimlari va ularning snaryadlari kiradi.

Keyinroq Politico xabar topishicha, AQSH kongressi a’zolari prezident ma’muriyatidan Ukrainaga yordam uchun ajratilgan 40 milliard dollarning sarflanishi yuzasidan hisobot talab qilgan.

Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan buyon Amerika hukumati Ukrainaga xavfsizlik sohasi uchun qariyb 3,9 milliard dollar yo‘naltirgan, deb ma’lum qilgan Pentagon.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?