Tramp Kongressni uni prezidentlik saylovlaridan chetlatishga urinayotganlikda aybladi

1 daqiqa o'qish1.5K
Tramp Kongressni uni prezidentlik saylovlaridan chetlatishga urinayotganlikda aybladi
Foto: Reuters
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Kongressning Kapitoliy binosiga hujumni tekshirayotgan maxsus qo‘mitasi uning 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘layotganini aytdi. Bu ayblovni u o‘zining 12 sahifalik murojaatida bayon qilgan, uning matni The Hill portalida keltirilgan.

Trampning da’vo qilishicha, u nafaqat respublikachilar, balki demokratlarning so‘rovlarida ham yetakchilik qilmoqda. Uning fikricha, bunga AQSHning amaldagi ma’muriyati harakatlaridan yuzaga kelgan «rekord darajadagi inflyatsiya, gaz narxining o‘ta yuqoriligi, energiya bo‘yicha raqiblarga qaramlik» sabab bo‘lmoqda. Sobiq prezident Amerika ta’lim tizimi inqirozga uchragani, noqonuniy muhojirlar mamlakatga «bostirib kirayotgani», ta’minot zanjirining uzilishi «hayot tarzini buzgani»ni iddao qildi.

«Aftidan, turmush tarzimiz hukumat regulyatori tomonidan bosim ostida qolgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari qulamoqda. Demokratlar men bularning barchasini tuzatishimni biladi, ular meni to‘xtatish uchun qo‘llaridan kelganini qilmoqda, ammo bizni to‘xtatib bo‘lmaydi», — deb yozgan Tramp.

Trampning ta’kidlashicha, u sanab o‘tgan muammolarga «100 foiz soxta saylovlarda hokimiyatga kelgan demokratlar sabab bo‘lgan».

AQSHda avvalgi prezidentlik saylovlari 2020 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Saylov natijalariga ko‘ra, Tramp 232 ta, uning raqibi Jo Bayden 306 ta ovoz to‘plagan. Bayden ovoz berish adolatli o‘tganini ta’kidlaydi.

2021 yilning yanvar oyi boshida Vakillar palatasi saylov natijalarini ma’qullaydigan kuni Tramp tarafdorlari Vashingtonda mitingga yig‘ildi. Namoyishchilar Kapitoliyni egallab oldi, ularga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalanildi. To‘qnashuvlarda besh kishi halok bo‘lgan. Bayden Trampni zo‘ravonlikka undaganlikda aybladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?