Oq uy: Moskvada Kiyev bilan muzokara olib borish istagini ko‘rmayapmiz

1 daqiqa o'qish1.6K
Oq uy: Moskvada Kiyev bilan muzokara olib borish istagini ko‘rmayapmiz
Foto: CNN
Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi vaziyat muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishiga umid qilmoqda, dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per brifingda. Translyatsiya CNBC telekanali tomonidan olib borildi.

«Biz hamma narsa muzokaralar bilan yakunlanadi, deb umid qilyapmiz, ammo hozir Kremlda bunday istakni ko‘rmayapmiz», — dedi Jan-Per.

Vashington muzokaralar vaqtida Ukraina «yaxshiroq pozitsiyada» bo‘lishiga ishonch hosil qilishni istaydi, dedi u.

Rossiya va Ukraina may oyi o‘rtalarida muzokaralarni to‘xtatgan edi. Moskva bunda Kiyevni aybladi. 22 may kuni Rossiya muzokaralar delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy muzokaralar jarayonini muzlatish «Ukraina tashabbusi» ekanini aytdi. Uning aytishicha, Moskva Kiyevga shartnoma loyihasini topshirgan, unda «bir qator prinsipial pozitsiyalar kelishilgan edi», endilikda «to‘p butunlay ukrainaliklar tomonda qolmoqda».

24 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralarni qayta boshlash sharti sifatida Rossiya qo‘shinlarining urush boshlangan 24 fevraldan oldingi pozitsiyalariga qaytishi kerakligini aytdi.

Iyun oyi boshida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arbni Kiyevning muzokaralarga kirishini taqiqlaganlikda aybladi. «Ikki oy oldin Ukraina bu masalani qanday hal qilish bo‘yicha taklifni ilgari surgandek edi. Biz bu takliflarni asos qilib oldik. Bir kundan keyin esa G‘arb ukrainaliklarga bu jarayonni davom ettirishni taqiqladi», — dedi u.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?