21:30 / 14.06.2022
1 591

Koreyadagi ish tashlashlar turli davlatlar avtosanoatiga zarar yetkazishi mumkin

Koreyadagi ish tashlashlar turli davlatlar avtosanoatiga zarar yetkazishi mumkin
Janubiy Koreyada yoqilg‘i narxining ko‘tarilishidan norozi bo‘lgan yuk mashina haydovchilari ish tashlash uyushtirishdi. Noroziliklar mikrochiplar va neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan hom ashyolarni yetkazib berish qisqarishi mumkinligi bilan xavf solmoqda, deya xabar bermoqda Reuters.

Bu juda qisqa vaqt ichida bir qator sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.


Ta’minotning uzilishi
Xususan, Hyundai Motor’ning yirik zavod kompleksida ishlab chiqarish 2 baravarga qisqardi va bu bir necha yirik kompaniyalar, jumladan, yuz yillik POSCO kompaniyasining ta’minoti uzilib qolishiga sabab bo‘ldi.

«Yuk mashina haydovchilarining ish tashlashlari tufayli bizdagi ishlab chiqarishda uzilishlar bor, umid qilamizki, ishlab chiqarish jarayoni imkon qadar tezroq normal holatga qaytadi», – deydi Hyundai vakili.

Hyundai Ulsandagi zavodlarida odatda kuniga 6000 dona avtomobil, jumladan, Genesis va Ioniq 5 EV ishlab chiqaradi.


Konteyner tashishdagi uzilish va to‘xtashlar
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mamlakatdagi konteyner tashishning 80 foizini tashkil etuvchi Pusan portida yuk tashish normadan uchdan bir darajaga qadar tushgan. Oqibatda portlarda konteyner tashish ham keskin sekinlashgan. Incheon portida bu holat me’yoriy darajadan 20 foizga tushdi. Ish tashlashlarning katta qismi sodir bo‘lgan sanoat markazi Ulsan portida konteyner tashish butunlay to‘xtatilgan.


Norozilik namoyishlari soni yuqori darajada
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlarida 7,5 ming haydovchi ishtirok etmoqda. Ularning kasaba uyushmalari tasdiqlashicha, norozilar soni hukumat baholayotganidan ko‘ra ancha yuqori va kasaba uyushma tarkibiga kirmaydigan ko‘plab yuk mashina haydovchilari ishga chiqishdan bosh tortishmoqda.

Xorij nashrlari
Xorijiy manbalarning qayd etishicha, ish tashlashlar global chip tanqisligidan aziyat chekayotgan avtomobil sanoatiga qo‘shimcha bosim o‘tkazadi. Namoyishlar «o‘ta xudbinlik» deb atalmoqda.

Xulosa
Bugungi kunda Janubiy Koreya yarimo‘tkazgichlar, smartfonlar, avtomobillar, akkumulatorlar va elektron qurilmalarning yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Bu mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar u yoki bu tarzda avtomobilsozlik sohasida hamkorlik o‘rnatilgan qator mamlakatlardagi boshqa kompaniyalarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koreyadagi ish tashlashlar turli davlatlar avtosanoatiga zarar yetkazishi mumkin