Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)

1 daqiqa o'qish2.1K
Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
14 iyun kuni Rossiya qo‘shinlari Severodonetskka hujumni davom ettirdi. Lugansk viloyati davlat ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya turar joy binolari va 500 dan ortiq odam yashiringan «Azot» korxonasiga zarba bergan. Xarkov viloyatining o‘qqa tutilishi oqibatida bir ayol va uning uch oylik chaqalog‘i halok bo‘ldi. Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlar reintegratsiyasi vazirligi Rossiya bilan halok bo‘lgan harbiylarning jasadlari yana almashilganini ma’lum qildi. Meduza urushning 111-kuniga oid suratlarni jamladi.

Xarkov
Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
Jangovar shifokor va taktik tibbiyot instruktori Yevgeniy Xrapkoning dafn marosimi oldidan qabristondagi manzara. U 11 iyun kuni halok bo‘lgan. Ukraina matbuotining yozishicha, Xrapko yuzlab odamlarning hayotini saqlab qolgan.
Foto: Reuters

Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
Ukraina harbiy xizmatchisi Yevgeniy Xrapkoning qabri tepasida.
Foto: Reuters

Donbass shimoli
Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
Privole — Lugansk viloyatining g‘arbiy qismida, Lisichansk va Severodonetskdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan kichik shaharcha. 13 iyun kuni otishmalar fonida Ukraina politsiyasi va ko‘ngillilar u yerdan 32 nafar aholini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi «Gromadske».
Foto: AFP

Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
Tankdagi ukrainalik askar. Hozirda urushning eng qaynoq nuqtasi Severodonetsk bo‘lib turibdi.
Foto: AFP

Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
Ukraina artilleriyachilari Lisichansk yaqinidagi pozitsiyalarda, u yer doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Foto: AFP

Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
Ukraina harbiy xizmatchilari Nyu-York posyolkasi yaqinidagi pozitsiyalarda (posyolka 1951—2021 yillarda Novgorodskoye deb atalgan).
Foto: Reuters

Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
Dobropole shahrida bombardimonlardan vayron bo‘lgan uylar.
Foto: Anadolu

Odessa
Urushning 111-kuni: Donbassdagi shiddatli jang oqibatlari. Xarkovdagi dafn marosimi (foto)
Bo‘shab qolgan kurort plyajining ko‘rinishi. Urush boshida ukrainalik harbiylar qirg‘oq bo‘ylab minalar o‘rnatgan va plyajlarni o‘rab qo‘ygan. Odessa uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lgan turizm biznesi bu yil xavf ostida.
Foto: Reuters
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?