Pokiston hukumati aholidan choyni kamroq ichishni so‘radi

1 daqiqa o'qish1.7K
Pokiston hukumati aholidan choyni kamroq ichishni so‘radi
Foto: Pixabay
Pokiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakat aholisidan choy iste’molini kamaytirish so‘raldi, deb yozmoqda The Nation.

Rejalashtirish, islohotlar va taraqqiyot vaziri Ahsan Iqbolning aytishicha, kuniga kamroq choy ichish Pokistonning yuqori import xarajatlarini qisqartirishi mumkin. Shuningdek, u ishbilarmonlarga elektr energiyasini tejash maqsadida soat 20:30 dan savdo rastalarini yopishni taklif qildi. Ta’kidlanishicha, mamlakatning valyuta zaxiralari kamligi sabab mamlakat mablag‘ga juda muhtoj.

Pokiston dunyodagi eng yirik choy importchisi bo‘lib, o‘tgan yili mamlakat 600 million dollardan ortiq mablag‘ga choy sotib olgan.

«Men odamlarni choy iste’molini bir yoki ikki piyolaga kamaytirishga chaqiraman, chunki biz choyni import qilib kelyapmiz», — dedi Iqbol.

Choy iste’molini kamaytirish so‘rovi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ko‘pchilik mamlakatdagi jiddiy moliyaviy muammolarni kofeinli ichimliklardan voz kechish orqali hal qilish mumkin, degan fikr bildirgan.

Hukumatdan bunday taklif Pokistonning valyuta zaxiralari tez sur’atlar bilan qisqarishda davom etib, hukumatga import xarajatlarini kamaytirish va mablag‘larni mamlakatda ushlab turish uchun bosim o‘tkazilayotgan bir paytda berildi.

Pokistonning valyuta zaxiralari fevral oyida 16 milliard dollardan iyun oyida 10 milliard dollarga tushdi, bu barcha importning ikki oylik xarajatlarini qoplashga zo‘rg‘a yetdi. O‘tgan oy Karachi rasmiylari mablag‘larni tejash maqsadida o‘nlab nozarur hashamatli tovarlar importini chekladi.

Iqtisodiy inqiroz aprel oyida parlamentdagi saylovda Imron Xonning o‘rniga Pokiston bosh vaziri etib saylangan Shahboz Sharif hukumati uchun katta sinov bo‘lmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?