1 334
Futbol bo‘yicha Rossiya milliy jamoasi sobiq sardori Ukrainadagi harbiy harakatlarni tanqid qildi
Foto: Global Look Press
Rossiya futbol jamoasining sobiq sardori Igor Denisov Ukrainaga hujumni «falokat» deb atadi va Putinga videomurojaat yo‘llab, urushni to‘xtatishga chaqirganini aytdi.
Peterburgning «Zenit» klubi sobiq futbolchisi va futbol bo‘yicha Rossiya milliy jamoasi sobiq sardori Igor Denisov Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga ochiqchasiga qarshi chiqdi hamda buni «halokat» va «dahshat» deb atadi. Bu haqda futbolchi 15 iyun, chorshanba kuni jurnalist Nobel Arustamyanga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Men uchun bu zarba emas, dahshat bo‘ldi. Men juda hissiyotli odamman. Chivinni ham o‘ldirolmayman. Men uchun urush dahshatga to‘la ofatdir. Bilaman, balki bu so‘zlarim uchun qamoqqa tashlanishim yoki o‘ldirilishim mumkin, lekin men buni qanday bo‘lsa shunday deyman», - dedi Denisov.
Futbolchining tan olishicha, 24 fevraldan keyin u oilasi bilan mamlakatni tark etishi kerakmi yoki yo‘qmi, bir hafta o‘ylagan, ammo oxir-oqibat u, xotini va bolalari qolishga qaror qilishgan. «Nega men jim o‘tirishim kerak? Agar bunga qarshi bo‘lsa, gapirish kerak», deb tushuntirdi u.
Futbolchi, shuningdek, hujum boshlanganidan so‘ng darhol Putinga videomurojaat yo‘llab, urushni to‘xtatishni so‘raganini aytdi. «Men hatto shunday dedim: «Oldingizda tiz cho‘kishga tayyorman». Men mag‘rur yigitman. Hammasini to‘xtatib qo‘yishi uchun men uning oldida tiz cho‘kishga tayyor edim. Bir kishining hayoti nima - qandaydir Denisovniki? Mag‘rurlik yo‘qoldi, chunki men hammasi qayerga qarab ketayotganini tasavvur qilgandim», dedi Rossiya milliy jamoasi sobiq sardori. Uning so‘zlariga ko‘ra, videomurojaatini e’lon qilishga hech kim rozi bo‘lmagan.
«Hozir ham qo‘rqyapman. Lekin buni aytmasam bo‘lmaydi. Men hech qayerga yashirinmayman, hech qayerga bormayman, kerak emas. Nima bo‘lsa, shu bo‘ladi. Lekin qanday qilib ichdan o‘tgan narsani gapirmaslik mumkin? Bilasizmi, balki boshqacha fikrda bo‘lganlar uchun, men bema’ni gaplarni aytayotgandirman, lekin o‘zim uchun - buni bildirishim kerak deb o‘ylayman», - dedi Denisov.
Denisov xalqaro sport tashkilotlarining urush boshlanganidan keyin rossiyalik sportchilarni musobaqalardan chetlashtirish haqidagi qarorini to‘g‘ri deb atadi. «Menimcha, bu to‘g‘ri. Bu mening fikrim. Siz, men, biz hammamiz sodir bo‘layotgan voqealarga daxldormiz. Buni to‘xtatish kerak. Buni bizga nisbatan qattiqqo‘l narsa orqali to‘xtatish mumkin. Biz hammamiz bu yordam bermaydi deb kulyapmiz, bu bema’nilik, yo‘q», deya Denisov o‘z pozitsiyasini tushuntirdi.
«Vaziyatning yuzaga kelishida o‘zimni ayblayapman. Biz o‘z nuqtayi nazarimizni hukumatimizga yetkaza olmayapmiz. Bu noto‘g‘ri ekanligiga to‘liq aminman», - dedi futbolchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar u uch yil oldin katta futboldan ketmaganida, hujum boshlanganidan keyin shuni qilgan bo‘lardi.
Urush haqidagi odamlarning fikrini qanday o‘zgartirish mumkinligi haqidagi savolga Denisov: «Televizor ko‘rmang», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u singlisini ishontira olmagan. «Agar biz oilada nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekanligini aniqlay olmasak, boshqa oilalarga qanday ta’sir qilishimiz mumkin?» - dedi futbolchi va uyida «televizor taqiqlangani»ni qo‘shimcha qildi.
«Men hech kimni hech nimaga rag‘batlantirmayapman - men kimman o‘zi? Men gapirmoqchi edim. Siyosatni muhokama qilish uchun tarixni yaxshi bilish kerak, yaxshi o‘qigan bo‘lishi kerak. Men unday emasman. Men sportchiman. Nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekani haqida faqat o‘z tushuncham bor», - dedi Denisov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar