1 061
Bayden: AQSH Ukrainadagi urushga e’tibor bermaganida, Yevropada xaos yuzaga kelgan bo‘lardi
Foto: Picture Alliance
Agar AQSH Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga e’tibor bermaganida, Kiyevga yordam bermaganida va Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llamaganida, urush oqibatlari yonilg‘i narxi oshishidan ham yomonroq bo‘lar edi. Bu haqd AQSH prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi.
Agar AQSH Ukrainadagi urushdan chetda qolganida va Kiyevga yordam bermaganida, «Yevropada xaos boshlangan bo‘lardi», Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa boshqa mamlakatlarga bostirib kirishda davom etardi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden juma, 17 iyun kuni AP agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Men Qo‘shma Shtatlar prezidentiman. Gap mening siyosiy jihatdan omon qolishim haqida emas. Gap AQSH uchun nima yaxshi bo‘lishi haqida. Bu hazil emas. Agar eng muhim kuch, NATO, ... Rossiya agressiyasiga ko‘z yumsa nima bo‘ladi? 100 000 kishilik armiya butun bir xalqning madaniyatini egallash va yo‘q qilish maqsadida chegarani kesib o‘tish urinishiga e’tibor berilmaganida?» - dedi Bayden.
«Qo‘rqamanki, biz ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan keyingi qadam Yevropadagi xaos bo‘lardi. Siz Rossiya qo‘shinlari oldinga qarab harakat qilganini ko‘rar edingiz. Polsha, Chexiya va NATOga a’zo boshqa mamlakatlarda nima bo‘lar edi? Xitoy Tayvan haqida, Shimoliy Koreya yadroviy qurol haqida nima deb o‘ylagan bo‘lardi?», dedi AQSH prezidenti.
Bayden Ukrainaga yordam berishga va Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga qaror qilar ekan, bu oson bo‘lmasligi haqida ogohlantirganini eslatdi. «Bu bepul narsa emas, lekin harakatsizlik oqibatlari yomonroq bo‘lar edi», dedi prezident AQSHda narxlarning oshishi haqidagi savolga javob qaytarib.
«Siz mendan Amerika xalqiga nima deyishimni so‘rayapsiz. Men butun umrim davomida tashqi siyosat bilan shug‘ullanganimni aytgan bo‘lardim. Ishonchim komilki, agar Putinning uzoqqa borishiga imkon bersak, u to‘xtamaydi», - deya xulosa qildi Bayden.
«Biz hali ham o‘z strategiyamizga sodiq qolamiz va bu strategiya nafaqat Kreml rasmiylariga, balki Rossiyada qaror qabul qiladigan yaqin va asosiy odamlarga ham qaratilgan», - dedi AQSH Davlat departamenti vakili Ned Prays jurnalistlarning Bayden ma’muriyati ba’zi a’zolarida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning samaradorligiga shubha holatlari haqidagi savoliga javob berib.
Praysga ko‘ra, AQSH strategiyasi nafaqat moliyaviy sanksiyalar, balki eksport nazoratga ham taalluqlidir, u «qisqa muddatda va undan ham uzoq muddatda Rossiyani sanoat, texnologik, mudofaa bazasi va boshqa muhim hamda strategik sektorlar uchun zarur bo‘lgan narsalardan mahrum qiladi».
«Bizning maqsad - bu choralar - moliyaviy sanksiyalar, eksport nazorati va boshqalar - Kreml uchun, asosiy qaror qabul qiluvchilar uchun imkon qadar og‘riqli bo‘lishi. Shu bilan birga, biz nafaqat bu yerda, balki boshqa mamlakatlarda ham oqibatlarni kamaytirish uchun hamma narsani qilyapmiz», dedi Davlat departamenti vakili. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar