Putin Peterburg forumida nimalar dedi?

1 daqiqa o'qish1.7K
Putin Peterburg forumida nimalar dedi?
Foto: RBK
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF)da nutq so‘zladi. Bu haqda BBC yozdi.

Uning PXIFdagi chiqishi bir yarim soatdan ko‘proq kechikish bilan boshlandi — tashkilotchilar buni DDOS-hujumlar bilan izohlashdi.

Putin so‘zni Rossiya Ukrainada muhorabaga kirishganidan so‘ng Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llagan G‘arb davlatlarini tanqid qilishdan boshladi. Putining fikricha, so‘nggi oylarda global iqtisodiy tizim prinsiplari zarbaga uchradi, COVID-19 pandemiyasi buzgan iqtisodiy aloqalar yangi sinovlardan o‘tmoqda. Ishbilarmonlik nufuzi, mulk daxlsizligi, valyutalarga ishonch kabi asosiy tushunchalar «G‘arbdagi sheriklar» tomonidan barbod qilindi. «Bu atayin, pisand qilmaslik, eskirgan geosiyosiy illyuziyalarni saqlab qolish uchun qilindi», — dedi Putin.

Rossiya prezidenti nutqining keyingi qismi Rossiyaga qarshi qo‘llangan sanksiyalar oqibatida G‘arb davlatlari boshiga yopirilgan iqtisodiy halokatlar ta’rifiga bag‘ishlandi.

Putinning nazarida, AQSH o‘zini «Xudoning yerdagi elchisi» deb hisoblaydi, biroq majburiyatni unutib, faqat manfaatni ko‘zlaydi. AQSH «isyonkor» mamlakatlarni ezib tashlash va «bekor qilish»ga urinadi. Biroq bir qutbli dunyo o‘tmishda qoldi. Endi hech qachon oldingidek bo‘lmaydi, dedi Putin.

Uning aytishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar telbalik, «iqtisodiy blitskrig» boshdanoq muvaffaqiyatsizlikka mahkum edi.

Rossiyaning o‘zidagi ahvolga to‘xtalarkan, Putin iqtisodiy vaziyat barqarorlashayotganini, iqtisodiyotga berilgan tushkun progonozlar o‘zini oqlamaganini aytdi. Rossiya hukumati inflyatsiya o‘sishini to‘xtatishga erishdi, hozir u 16,7 foiz. «Bu ko‘proq», tan oldi Putin va hukumat ijobiy natijaga erishishiga va’da berdi.

"Hammayoqda «putin inflyatsiyasi» haqida jar solishyapti. Bu o‘qish va yozishni bilmaganlar uchun. Ularning muammolari sababi — AQSH ma’muriyati va Yevropa byurokratiyasining xato siyosatida. Biz SVO (MHO, Ukrainadagi muhorabani nazarda tutyapti — tahr.)ni boshlashimiz ular hamma aybni Rossiyaga to‘nkashi uchun yaxshi bahona bo‘ldi", dedi Putin.

Putin Ukraina masalasiga ham to‘xtalib, «maxsus operatsiya»da ko‘zda tutilgan barcha topshiriqlar bajarilishini aytdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?