Putinning yonida yangragan bayonot: To‘qayev Qozog‘iston “DXR” va “LXR”ni tan olmasligini aytdi

1 daqiqa o'qish2.4K
Putinning yonida yangragan bayonot: To‘qayev Qozog‘iston “DXR” va “LXR”ni tan olmasligini aytdi
Foto: vlast.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Peterburg iqtisodiy forumidagi chiqishida uning mamlakati o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligini aytdi.

To‘qayev bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yonida, rossiyalik mediamenejer Margarita Simonyan bergan savolga javoban ma’lum qildi.

Simonyan To‘qayevdan Rossiya Ukrainada o‘tkazayotgan “maxsus harbiy amaliyot” bo‘yicha fikri va bu borada Qozog‘istonda nima deb o‘ylashayotgani haqida so‘radi.

“Buni ochiq aytaman, har xil fikrlar bor. Jamiyatimiz ochiq, bizda fuqarolik jamiyati yetilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun har xil fikrlar bildirilyapti.

Men shuni aytishni istardimki, zamonaviy xalqaro huquq bu – BMT Nizomidir. Nizomdagi asosiy prinsiplardan ikkitasi hozirda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib qolgan. Bu – davlatlarning hududiy yaxlitligi va millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi.

BMTning barcha asoschilari o‘z vaqtida bunga e’tibor qaratishmagan ko‘rinadi. Balki atayin qilishgandir, bu ikkita prinsip hozirda bir-birini inkor qilmoqda.

Fikrlar har xil. Ayrimlar davlatlarning hududiy yaxlitligi muqaddas tushuncha deb hisoblashadi, boshqalar esa u yoki bu davlat tarkibidagi millatlar o‘z davlatiga ega bo‘lish va ajralib chiqish huquqiga ega deyishadi.

Lekin, umuman olganda, agar millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi butun Yer sharida amalda ishlasa, hozir BMT tarkibiga kiruvchi 193ta davlat o‘rnida 500 yoki 600tadan ko‘p davlat paydo bo‘ladi. Albatta, bu xaosni keltirib chiqaradi.

Shu sababli ham biz na Tayvanni, na Kosovoni, na Janubiy Osetiyani, na Abxaziyani tan olamiz. Shu prinsip, bizning fikrimizcha, Lugansk va Donetsk kabi kvazidavlat hududlariga ham taalluqlidir. Bu – sizning ochiqchasiga bergan savolingizga ochiqchasiga javob
”, dedi To‘qayev.

Simonyan Qozog‘iston prezidentiga bu ochiqcha javob uchun minnatdorlik bildirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?