AQSH Suriyada Amerika va Rossiya harbiylari to‘qnashishi ehtimolidan xavotirda

2 daqiqa o'qish2.2K
AQSH Suriyada Amerika va Rossiya harbiylari to‘qnashishi ehtimolidan xavotirda
Foto: «TASS»
Pentagon Rossiya kuchlarining «ba’zi harakatlari»dan keyin Suriyada Rossiya bilan bevosita harbiy to‘qnashuv yuzaga kelishi ehtimolidan xavotirda. Bu haqda The Wall Street Journal yuqori mansabli amerikalik harbiylarga tayanib xabar berdi, deb yozadi «RBK».

«Rossiya qo‘shinlari shu oy Suriyada AQSH rahbarligidagi koalitsiyaga qarshi bir qator operatsiyalar o‘tkazdi, ulardan biri shu hafta mamlakatning janubiy qismida strategik joylashgan bazada bo‘lib o‘tdi», — dedi gazeta manbalari.

Rossiya mavjud aloqa liniyasi orqali Amerika tomonini zarba haqida ogohlantirgan, shu sababli talafotlar bo‘lmagan, dedi gazeta manbalari. Shu bilan birga, ular bu «bevosita ziddiyatni keltirib chiqarishi», «xatolik esa Suriyada Amerika va Rossiya kuchlari o‘rtasidagi g‘arazli nizoga aylanib ketishi mumkin»ligini ta’kidladi.

WSJ manbalari aniqlik kiritishicha, aviazarbalar Suriyaning janubi-sharqda Iordaniya bilan chegarasi yaqinida joylashgan garnizoga berilgan.

Amerika qo‘shinlari Suriya hududiga 2011 yilda, fuqarolar urushi boshida kirgandi, oradan yetti yil o‘tib, 2018 yil dekabrida o‘sha paytdagi AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyadan harbiylar olib ketilishini e’lon qildi. U ushbu qarorni ISHID jangarilarining asosiy qismi tor-mor qilingani bilan izohladi.

Ayni vaqtda Suriya hududida amerikalik harbiy mutaxassislarning cheklangan kontingenti qoldi, ular qurolli muxolifatga ko‘maklashmoqda. Suriyada qariyb 900 nafar amerikalik harbiylar bo‘lib, ular At-Tanf bazasiga va sharqiy konlarga joylashtirilgan.

Rossiyaning BMT huzuridagi diplomatik missiyasi Suriyada Amerika kontingentining bo‘lib turishini «istilo» deb atab, amerikalik harbiylar «neft o‘g‘irlash» bilan shug‘ullanayotganini, mintaqada esa «qonunsizlik hududi» yuzaga kelganini ta’kidladi. «Suriyadan u yerda noqonuniy tarzda bo‘lib turgan barcha xorijiy kuchlar zudlik bilan olib ketilishini talab qilamiz», — degan edi Rossiya doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy yanvar oxirida BMT Xavfsizlik kengashi majlisida.

Rossiya tashqi razvedka xizmati fevralda Amerika maxsus xizmatlari Suriyada «uyqudagi» ekstremistlarni mahalliy xavfsizlik kuchlari hamda Rossiya va Eron harbiylariga qarshi aksiyalarga yo‘naltirish niyati haqida ma’lum qildi. «Rossiya tashqi razvedka xizmatiga kelib tushayotgan ma’lumotlar AQSH ma’muriyati Suriya hududida Amerika harbiylarini saqlab qolib, bu mamlakatda vaziyat barqarorlashishiga yo‘q qo‘ymaslikka intilayotganidan darak bermoqda», — degandi idora.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?