Ukraina delegatsiyasi rahbari Rossiya bilan tinchlik muzokaralari tiklanishi muddatini aytdi

1 daqiqa o'qish1.5K
Ukraina delegatsiyasi rahbari Rossiya bilan tinchlik muzokaralari tiklanishi muddatini aytdi
Foto: Vesti Ukraina
Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari avgust oyi oxirida, Ukraina o‘z kuchlarini mustahkamlaganida davom ettirilishi mumkin. Bu haqda «Amerika ovozi» uchun bergan intervyusida muzokara jarayonida ukrainlar delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan David Araxamiya ma’lum qilgan.

«Muzokaralarga avgust oyi oxirida qaytishimiz mumkin. Biz rossiyaliklar bilan o‘z rejalarimizni bo‘lishishni istamaymiz, chunki ular buni ochiq manbalar orqali ko‘rishi mumkin. Ammo men o‘ylaymanki, biz ayrim joylarda qarshi hujum amaliyotlari o‘tkazamiz», — degan u.

«Biz Istanbulda taklif qilganimiz kabi qandaydir siyosiy kelishuvni ko‘rib chiqishimiz mumkin. Biz, masalan, bir necha yilgacha Qrim masalasiga tegmadik. Biz buni harbiy yo‘l bilan qilmayapmiz, ammo diplomatik va siyosiy yo‘llardan foydalanyapmiz», — deya qo‘shimcha qilgan Araxamiya.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar so‘nggi bor mart oyi oxirida Istanbulda o‘tkazilgandi. Uning yakunlariga ko‘ra, ikki tomon ham muzokaralar jarayonida ma’lum o‘sishga erishilgani haqida ma’lum qilgandi. Shundan keyin tomonlar videoaloqa orqali muloqotlarni davom ettirishgan.

May oyida delegatsiyalar vakillari davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolganini aytishdi, tomonlar bunda bir-birini aybladi.

14 iyun kuni Volodimir Zelenskiy Rossiya urushni to‘xtatib, Ukraina hududidan chiqib ketishga tayyor bo‘lgan holatda Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?