Ukraina Oliy Radasi media vositalari va jamoat joylarida Rossiya musiqasini taqiqladi

1 daqiqa o'qish972
Ukraina Oliy Radasi media vositalari va jamoat joylarida Rossiya musiqasini taqiqladi
Foto: Getty Images
Ukraina Oliy Radasi media vositalari va jamoat joylarida Rossiya musiqasini taqiqlovchi qonunni qabul qildi, deb ma’lum qildi ukrainalik deputat Yaroslav Jeleznyak. Rada saytida nashr etilgan materialga ko‘ra, qonun qabul qilinishi uchun 303 nafar deputat ovoz bergan.

Qonun matnida aytilishicha, Ukrainada «agressiv» deb e’lon qilingan mamlakat fuqarosining ijodi asosidagi «fonogrammalar, videogrammalar va kliplar»ni omma oldida ijro etish va namoyish etish taqiqlanadi.

Bu talab 1991 yildan beri Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan ijrochilarning qo‘shiqlariga taalluqlidir. Qoida Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Ukraina fuqaroligini olganlarga taalluqli emas.

Bundan tashqari Rada Rossiya va Belarusdan, shuningdek, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan kitob va boshqa nashriyot mahsulotlarini olib kirish va tarqatishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Mart oyida Vladimir Zelenskiy Rossiya propagandasini taqiqlovchi qonunni imzolagandi. Qonun Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini oqlash, unga aloqador shaxslarni maqtashni taqiqlaydi. Rossiyaning harakatlarini oqlovchi partiyalar va rossiyaparast tashkilotlar faoliyati sud qarori bilan tugatilishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?