BRIKS sammiti doirasidagi xalqaro media-tur boshlandi: O‘zbekiston delegatsiyasi Dehlida

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida navbatdagi BRIKS sammiti doirasida xalqaro jurnalistlar uchun tashkil etilgan nufuzli media-turga rasman start berildi.
Tadbirning ochilish qismida Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari, qator davlatlarning elchilari va yuqori martabali diplomatlar ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqan rasmiylar mazkur media-missiya nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, balki global axborot maydonida o‘zaro tajriba almashish va kelajak uchun yangi hamkorlik ko‘priklarini qurishda muhim platforma bo‘lishini ta’kidlashdi.

Qayd etilishicha, ushbu media-tur dasturi doirasida xalqaro delegatsiya a’zolari nafaqat Nyu-Dehli, balki Agra (Tojmahal), Kerala va Mumbay shaharlarida ham bo‘lib, Hindistonning boy madaniy merosi, fintex yutuqlari va yirik media institutlari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi safida vakillarimiz ham jarayonlarni bevosita voqea joyidan yoritib bormoqda.
Batafsil materiallar va eksklyuziv tafsilotlarni kuzatib boring.































Izohlar 0
…