Qozog‘iston prokuraturasi «dikiy Arman» jinoiy guruhi haqida tafsilotlarni e’lon qildi

2 daqiqa o'qish2.2K
Qozog‘iston prokuraturasi «dikiy Arman» jinoiy guruhi haqida tafsilotlarni e’lon qildi
Arman Jumageldiyev yoxud «dikiy Arman»
Foto: Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi yanvar voqealari chog‘ida Olmaotadagi «dikiy Arman» guruhi harakatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tergov jinoyatchilarni Ritz Carlton va Kazakhstan mehmonxonalari avtoturargohlarida insonlarni garovga olgan deb hisoblamoqda, deya xabar berdi Tengrinews nashri.

Bosh prokuraturaning Jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘i Serik Shalabayev yanvar voqealarida jinoyatchilarning faol ishtirok etgani, asosiy rolni Arman Jumageldiev yoki «dikiy Arman» o‘ynaganini aytdi.

«6 yanvar kuni uning guruhi a’zolaridan biri Olmaotadagi ‘Qozog‘iston’ mehmonxonasiga uyushgan holda kelgan jinoyatchilarga Glock va ‘Makarov’ pistoletlarini tarqatgan. Qurollangan jinoyatchilar bir vaqtning o‘zida tashkilotchi va uning yordamchilaridan ko‘rsatmalar olgan. Ular sheriklarini 10 kishidan iborat guruhlarga bo‘lib, guruhlarning rejalangan jinoyatlardagi rollarini aniqlagan.

Guruhlarga yetakchilarga tayinlangan va ularga tashkilotchilar zirh, kaska, o‘qotar qurollar va 200 ming tenge topshirgan
», — deydi Shalabayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oddiy ishtirokchilarga sovuq qurollar, kaltaklar va badanga shikast yetkazish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa buyumlar bilan qurollanish ko‘rsatmasi berilgan.

«Shaharning turli tumanlaridan kelgan ushbu qurolli jinoyatchilar guruhlari 24 nafar fuqaroni o‘g‘irlab, kaltaklab, Ritz Carlton va «Qozog‘iston» mehmonxonalarining avtoturargohlarida saqlagan. Keyinroq qurbonlar shahar chekkasiga olib ketilib, jinoyatchilarning qurolli qo‘riqlashi ostidagi metall konteynerga joylashtirilgan. Badanga yetkazilgan shikast natijasida jabrlanuvchilardan biri vafot etgan», — deya qo‘shimcha qiladi Shalabayev.

Ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilingan 40 nafar shaxs qo‘lga olindi. Jinoiy guruhning qolgan a’zolarini aniqlash ishlari davom etmoqda.

«Dikiy Arman»ning hibsga olingani 7 yanvar kuni ma’lum bo‘lgan edi. U besh kishidan iborat jinoiy guruhi bilan birgalikda maxsus operatsiya davomida Olmaotada qo‘lga olingan. Qo‘lga olish chog‘ida gumonlanuvchilardan turli marka va kalibrli to‘rtta yarim avtomat to‘pponcha, o‘q-dorilar, sovuq qurol va zirhli avtomashina musodara qilingan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u xorijdan o‘tgan yilning dekabr oyida kelgan va 5-6 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan taniqli voqealar paytida Olmaotada bo‘lgan. Uning kelish maqsadi va qurol-yarog‘i bor-yo‘qligi tezkor-tergov guruhi tomonidan tekshiriladi» deya xabar bergandi avvalroq Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?