Moskva shahar sudi Meta’ni «ekstremistik tashkilot» deb tan olish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi

1 daqiqa o'qish982
Moskva shahar sudi Meta’ni «ekstremistik tashkilot» deb tan olish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi
Foto: «TASS»
Moskva shahar sudi Meta’ning uni «ekstremistik tashkilot» deb e’tirof etgan va Rossiyadagi faoliyatini taqiqlagan quyi sud qarori ustidan bergan apellatsiyasini rad etdi.

«Apellyatsiya qanoatlantirilmaydi, Moskva Tverskoy sudining 2022 yil 21 martdagi qarori o‘zgarishsiz qoldi», — deya sudya Aleksandr Ponomarev qarorni e’lon qildi. Bu haqda «Interfaks» nashri xabar berdi.

Shu tariqa, mamlakatda bloklangan Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasining Rossiyadagi taqiqi qonuniy kuchga kirdi.

Sud majlisida so‘zga chiqqan Bosh prokuratura vakillari Meta bir necha bor ma’muriy javobgarlikka tortilgani va taqiq bo‘yicha da’vo arizasi tizimli ravishda sodir etilgan qoidabuzarliklar natijasi ekanligini ta’kidladi. «Meta rahbariyatining Rossiya fuqarolarini o‘ldirishga chaqirishga ruxsat berish haqidagi rasmiy pozitsiyasi e’lon qilingandi» — degan prokuror.

Meta advokatlari, o‘z navbatida, kompaniya Rossiya fuqarolik sudlarining yurisdiksiyasiga kirmaganligi sababli sud jarayonining o‘zini noqonuniy deb hisoblashlarini yana bir bor ta’kidladi. Meta — xorijiy yuridik shaxs bo‘lib, Rossiyada vakolatxonalari yo‘q, deya eslatgan ular.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?