date
views 1 298

Ronalduning qimmatbaho «Bugatti»si YTHga uchradi

Ronalduning qimmatbaho «Bugatti»si YTHga uchradi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning qimmatbaho Bugatti Veyron avtomobili Ispaniyadagi Malorka orolida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Qiymati qariyb 2 mln. dollarlik mashina gaz ballonlar saqlanadigan anjomlar omboriga borib urilgan. Mashina ichida futbolchining o‘zi bo‘lmagan, balki ishchilaridan biri haydagan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan. Ayni paytda ispan politsiyasi surishtiruv o‘tkazmoqda.

Ronaldu hozirgi kunda oilasi bilan Malorkada ta’tilda dam olmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronalduning qimmatbaho «Bugatti»si YTHga uchradi