19:43 / 22.06.2022
1 382

Rossiya Ukraina bilan urush tufayli ikkita megaloyihadan voz kechdi

Rossiya Ukraina bilan urush tufayli ikkita megaloyihadan voz kechdi
Foto: Picture Alliance
Ukraina bilan urush fonida Rossiya hukumatning moliyaviy resurslari yetishmasligi sababli birdaniga ikkita megaloyihadan voz kechishga majbur, dedi Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri Aleksey Chekunkov RBKga seshanba, 21 iyun kuni bergan intervyusida.

Gap Saxalin oroliga ko‘prik hamda Yakutsk va Magadan o‘rtasidagi temiryo‘l qurilishi haqida bormoqda, loyihalarning umumiy qiymati 2,3 trillion rublga baholangan. Ikkala loyiha ham asosiy infratuzilmani modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha kompleks rejaga kiritilmagan, chunki ular hukumat tomonidan «ustuvor emas» deb hisoblandi, deya tushuntirdi Chekunkov.

Buning o‘rniga Rossiya rasmiylari asosiy e’tiborni «shimoliy dengiz logistikasi», birinchi navbatda, Shimoliy dengiz yo‘lidagi loyihalar, Rossiya va Xitoy o‘rtasida qo‘shimcha chegara o‘tish punktlarini barpo etish, shuningdek, omborxonalarda saqlash hajmini oshirishga qaratmoqchi.

Aleksey Chekunkovning so‘zlariga ko‘ra, konsessiya prinsipi (xususiy kapital ishtirokida) Yakutsk va Magadan o‘rtasidagi temiryo‘lni saqlab qolishi mumkin. Biroq uning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda davlat budjetdan moliyalashtirishni ta’minlay olmaydi. Yoqutiston ma’muriyati yo‘l narxini 830 milliard - 1,7 trillion rublga baholamoqda, bu pulni ajratish esa, vazir so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda «real emas». Shunga qaramay, mintaqa mutasaddilari loyihani amalga oshirishni talab qilib, bu yil yozda rejalashtirish ishlarini olib borish niyatida.

Rossiya hukumati Saxalinga ko‘prik qurish taqdirini «yuk bazasi», ya’ni loyihaga potensial yuklama bilan bog‘layapti, bunda loyiha iqtisodiy asossiz noo‘rin bo‘lib chiqadi. Loyihaning qiymati avvalroq kirish infratuzilmasini hisobga olgan holda 600 milliard rublga baholangandi. Saxalin oblasti gubernatori loyiha amalga oshirilishiga ishontirgan, ammo Rossiya prezidentining atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov 2020 yilda loyihani «o‘ta qimmat» deb atagan.

Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prik iqtisodiyot nuqtayi nazaridan emas, balki ko‘proq psixologiya nuqtayi nazaridan muhim - aloqani ko‘rsatish uchun. Shu bilan birga, Saxalin oblasti gubernatori Valeriy Limarenko RBK’ga bergan intervyusida Saxalinga ko‘prik «iqtisodiy jihatdan o‘zini ko‘rsatishi kerakligi»ni ta’kidladi, chunki uning qurilishi Yaponiyani Saxalinga o‘zi tomonidan ko‘prik qurishga undashi mumkin, bu esa tovarlar oqimi ortishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukraina bilan urush tufayli ikkita megaloyihadan voz kechdi