AQSH va Germaniya Rossiyani dunyoda ocharchilikni keltirib chiqarayotganlikda aybladi

1 daqiqa o'qish1.7K
AQSH va Germaniya Rossiyani dunyoda ocharchilikni keltirib chiqarayotganlikda aybladi
Germaniya va AQSH Rossiyani dunyoda oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarayotgani uchun tanqid qildi. «Bu inqirozning yagona sababi – Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzkorligi», dedi AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken 24 iyun, juma kuni Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat narxining oshishi Rossiyaning Qora dengizdagi Ukraina portlarini to‘sib qo‘ygani, shuningdek, Rossiyadan oziq-ovqat eksportiga cheklovlar qo‘ygani bilan bog‘liqdir.

O‘z navbatida, Berbok Rossiyaning «bema’ni «g‘alla urushi» haqida gapirdi, bu bilan Moskva «butun davlatlarni beqarorlashtirish uchun qasddan oziq-ovqat narxlarini oshirib yubormoqda».

Blinken va Berbok G7 yig‘ilishi oldidan juma kuni Berlinda Germaniya hukumati tomonidan tashkil etilgan xalqaro oziq-ovqat konferensiyasida qatnashdi.

«Biz, «Katta yettilik» Rossiyaning bosqinchilik urushi dunyoda ocharchilik keltirib chiqarishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Birgalikda harakat qilamiz», - dedi Blinken. Berbokning so‘zlariga ko‘ra, sanoati rivojlangan davlatlar, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli kelib chiqqan inqirozning yomonlashuviga javobgar bo‘lmasa ham, mas’uliyat bilan harakat qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘ygan g‘arb davlatlarini inqirozni keltirib chiqarishda ayblagandi. Bu sanksiyalar Rossiyadan g‘alla, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlar eksportini murakkablashtirdi. Blinken va Berbok bu bayonotni rad etdi hamda oziq-ovqat va o‘g‘itlarga nisbatan sanksiyalar yo‘qligini ta’kidladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?