Bugun «D», «E» va «F» guruhlarida hal qiluvchi o‘yinlar o‘tkaziladi

1 daqiqa o'qish153
Bugun «D», «E» va «F» guruhlarida hal qiluvchi o‘yinlar o‘tkaziladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichining hal qiluvchi uchinchi tur uchrashuvlari doirasida «D», «E» hamda «F» guruhlarida muhim bahslar bo‘lib o‘tadi.
  • 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da Ekvador — Germaniya hamda Kyurasao — Kot-d'Ivuar o‘yinlari boshlanadi.

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichining hal qiluvchi uchinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Bugun va ertaga «D», «E» hamda «F» guruhlarida muhim bahslar bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinlardan so‘ng pley-offga chiqqan jamoalar va guruhdagi yakuniy o‘rinlar aniqlashadi.

Kun dasturi Ekvador va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi. Bahs 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Xuddi shu vaqtda Kyurasao va Kot-d'Ivuar milliy jamoalari ham maydonga tushadi. Har ikki bahs «E» guruhidagi yakuniy vaziyatga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Soat 04:00 da «F» guruhining so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Tunis Niderlandiyaga qarshi bahs olib borsa, Yaponiya Shvetsiya bilan to‘qnash keladi. Ayniqsa, Yaponiya — Shvetsiya uchrashuvi pley-off yo‘llanmasi uchun kurash nuqtayi nazaridan katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Soat 07:00 da esa «D» guruhidagi ikki hal qiluvchi bahs boshlanadi. Paragvay Avstraliyaga qarshi maydonga tushsa, Turkiya AQSH bilan kuch sinashadi.

26 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar:

  • Ekvador — Germaniya — 01:00

  • Kyurasao — Kot-d'Ivuar — 01:00

  • Tunis — Niderlandiya — 04:00

  • Yaponiya — Shvetsiya — 04:00

  • Paragvay — Avstraliya — 07:00

  • Turkiya — AQSH — 07:00

Uchinchi turda har bir ochko va har bir gol hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ayrim jamoalar birinchi o‘rin uchun kurashsa, boshqalari pley-off yo‘llanmasini saqlab qolish yoki eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatoriga kirishga harakat qiladi.

Shu sababli bugungi bahslarda murosasiz kurash va keskin o‘yinlar kutilishi tabiiy.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?