23:11 / 26.06.2022
2 119

NYT Ukrainada AQSHning «josuslar tarmog‘i» ishlayotgani haqida xabar qildi

NYT Ukrainada AQSHning «josuslar tarmog‘i» ishlayotgani haqida xabar qildi
Foto: Global Look Press
Ukrainaga AQSH va boshqa NATO davlatlarining «kommandalar (maxsus kuchlar) va josuslar tarmog‘i» yordam bermoqda, ular ham Ukrainada, ham xorijda turib ishlaydi, deb yozadi The New York Times Amerika va Yevropa rasmiylariga tayanib.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida, asosan, Kiyevda razvedka ma’lumotlarini yig‘uvchi Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari yashirin faoliyat yuritadi. Keyin Vashington ularni Ukraina rasmiylari bilan baham ko‘radi.

Shuningdek, Ukrainada NATOning boshqa mamlakatlari, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Litva maxsus kuchlari bor, deb yozadi NYT. Qo‘shma Shtatlar fevral oyida urush boshlanishidan oldin o‘zining 150 nafar harbiy instruktorini olib chiqib ketgan. «Ammo bu ittifoqchilarning kommandalari yo qoldi yoki o‘shandan beri mamlakatga kirib-chiqib yuribdi. Ular Ukraina qo‘shinlarini o‘qitib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, qurol-yarog‘ yetkazib berish va boshqa yordamlar uchun quruqlik kanalini taqdim etadi», — deb yozgan nashr, uch nafar amerikalik rasmiyga tayanib.

Komandalar oldingi safda emas, lekin ukrainalik harbiylarga shtab-kvartirasidan turib masofadan, jumladan razvedka ma’lumotlarini uzatish orqali maslahat berib turadi. Ammo ishning aksariyat qismi Ukrainadan tashqarida, jumladan, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadagi harbiy bazalarda amalga oshiriladi, deya qayd etgan nashr

Rossiyaning Ukrainadagi bosqini boshlanganidan so‘ng, AQSH armiyasining 10-maxsus operatsiyalar guruhi Ukraina harbiylariga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirish maqsadida koalitsiya tuzdi. Hozir u 20 ta davlatni o‘z ichiga oladi, koalitsiya Germaniya hududida ishlaydi.

May oyida AQSH armiyasi kotibi Kristin Vormut koalitsiya Ukrainaga qurol-yarog‘ va texnika yetkazib berishni ta’minlashda ishtirok etgani haqida xabar bergan edi. «Biz bera oladigan yana bir yordam — bu konvoylarga tahdidlar qayerdan kelishi mumkinligi haqidagi razvedka ma’lumotlaridir», — degan Vormut.

NYT AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi stansiyasining Ukrainadagi harakatlari haqida fevral oyida, urush boshlanishidan oldin yozgan. Gazeta, xususan, AQSH rasmiylari «Ukraina yaqinida Rossiya harbiy qudrati oshgani» sababli razvedka xodimlarini vaqtincha Kiyevdan Lvovga ko‘chirgani haqida xabar bergandi.

May oyi boshida nashr AQSH Rossiya harbiylariga zarba berishda foydalanilgan razvedka ma’lumotlarini Ukrainaga uzatgani haqida yozgan. Shundan so‘ng prezident Jo Bayden AQSH va Ukraina razvedka xizmatlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi haqidagi ma’lumotlarning sizib chiqishini to‘xtatishni talab qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NYT Ukrainada AQSHning «josuslar tarmog‘i» ishlayotgani haqida xabar qildi