Italiya Ukrainaga to‘rtinchi qurollar paketini yuboradi

1 daqiqa o'qish1.1K
Italiya Ukrainaga to‘rtinchi qurollar paketini yuboradi
Foto: Reuters
Qurollar ro‘yxati iyun oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitidan so‘ng to‘liq shakllantiriladi. Paket asosan zirhli texnika va artilleriyani o‘z ichiga oladi, Rim Kiyevga uzoq masofaga o‘t ochuvchi qurollarni yubormaydi.

Italiya hukumati Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketi ustida ishlamoqda va Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan buyon mamlakatga to‘rtinchi qurol-yarog‘ partiyasini jo‘natishga tayyorlanmoqda, deya xabar beradi Il Messagero gazetasi.

Qurollar ro‘yxati maxfiy bo‘ladi. Hukumatdagi manbaga ko‘ra, yordam partiyasi asosan zirhli transport vositalari, artilleriya, jumladan, 25-30 kilometr masofagacha nishonga oluvchi FH-70 gaubitsalari, o‘q-dorilar, pulemyotlar, xususan, Beretta MG42/59 pulemyoti hamda lager chodirlari, tibbiy asbob-uskunalar kabi anjomlarni o‘z ichiga oladi.

Rasmiylar, shuningdek, Italiyaning Ukraina harbiylarini G‘arb qurollari bilan ishlashga o‘rgatishdagi hissasini oshirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Yakuniy qurollar ro‘yxati 28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitidan so‘ng shakllantiriladi. Bosh kotib Yens Stoltenberg avvalroq ittifoqchilar Ukrainaga harbiy yordam paketi bo‘yicha kelishib olishiga va’da bergan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?