NATO alyansning tezkor kuchlari sonini sezilarli darajada oshirishmoqchi

1 daqiqa o'qish1.5K
NATO alyansning tezkor kuchlari sonini sezilarli darajada oshirishmoqchi
Foto: «Interfaks»
Madriddagi NATO sammiti alyansning tezkor kuchlari sonini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilishga imkon beradi, deya bayonot berdi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

«Biz tezkor kuchlarimiz sonini sezilarli darajada ko‘paytiramiz: ularning soni 300 mingdan ortiq jangchini tashkil qiladi», — dedi u Bryusseldagi matbuot anjumanida sammit rejalari haqida gapirar ekan.

G‘arb OAVlarining qayd etishicha, alyans xavfsizlikka tahdid yuzaga kelgan taqdirda imkon qadar tezroq foydalanishi mumkin bo‘lgan ushbu kuchlar soni ayni paytda 40 mingga yaqin harbiy xizmatchini tashkil etadi.

Bundan tashqari, Stoltenberg alyans sharqidagi sakkiz mamlakatda NATO tomonidan joylashtirilgan jangovar guruhlarni kuchaytirish rejalarini e’lon qildi. «Biz sharqiy qanotdagi jangovar guruhlarni brigadalar darajasiga qadar kuchaytiramiz», — degan bosh kotib.

Jurnalistning ushbu qaror alyansning barcha sakkizta jangovar guruhiga ta’sir qiladimi, degan aniqlashtiruvchi savoliga javob berar ekan, Stoltenberg ularning faqat ba’zilari brigadalar darajasiga ko‘tarilishini tushuntirgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?