1 571
Zelenskiy Putinning xastaligiga oid mish-mishlar haqida: «Bu — hududlarni bosib olish kasalligi»
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kasal ekani to‘g‘risidagi mish-mishlar qiziqtirmasligini aytdi, deb yozadi Meduza.
«Putinga nima bo‘layotganini men bilmayman. Mening fikrimcha, ularda (rossiyaliklarda) umuman olganda, haqiqatan ham katta bir kasallik bor. Lekin u, menimcha, siz aytayotgan narsa (Putinning kasalligi)dan murakkabroq. Bu bizning xalqimizga hurmatga nisbatan kasallik, egallab olish kasalligi, ular bizning o‘lkamizda amalga oshirgan qiynoqlarga nisbatan kasallik. Fikrimcha, bu qiyin davr va bu kasallik faqat bitta odamga tegishli emas», — dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti fikricha, Rossiya prezidenti atrofidagi odamlarning ko‘pchiligiga «ortiqcha orzu-havaslar, xalqaro huquqni tushunmaslik va hurmat qilmaslik, shunchaki odamlar hayotini hurmat qilmaslik kasalligi tekkan».
Intervyuda Zelenskiy, shuningdek, jang qilayotgan tomonlar talafotlari mavzusiga to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina katta yo‘qotishlarga uchramoqda, ammo ular Rossiyada yanada ko‘proq.
«Biz bir kishini yo‘qotayotgan joyda Rossiya besh kishidan ayrilyapti. Biz bitta tankni yo‘qotsak, ular beshtasini yo‘qotyapti. Biz mana shunday kurashyapmiz. Ammo adolat bilan aytish kerakki, biz haqiqatan ham qiyin vaziyatdamiz. Chunki bizning bitta tankimizga ularning o‘nta tanki, bitta jangchimizga ularning o‘nta harbiy xizmatchisi bor. Biz qiynalyapmiz, lekin bo‘sh kelmayapmiz», — dedi Ukraina prezidenti.
Vladimir Putinning xastaligi ehtimoli haqidagi mish-mishlar so‘nggi oylarda tarqaldi. Aprelda «Proyekt» nashri Putinga safarlarda shifokorlar guruhi, shu jumladan, onkologik kasalliklar va qalqonsimon bez muammolari bo‘yicha mutaxassislar hamrohlik qilayotgani haqida yozdi. 2022 yil mayida Putin saratonni boshidan o‘tkazgani haqida Rossiya prezidenti bilan shaxsan ishlagan rejissyor Oliver Stoun aytib o‘tgan edi.
Iyunda Newsweek AQSH razvedkasiga tayanib, Putin aprelda yuqori bosqichdagi onkologik kasallikdan davolangani haqida xabar bergandi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov may oxirida «aqli raso odamlar» Putinda hech qanday kasallik belgilarini ko‘rmasligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...