16:20 / 13.07.2022
2 885

Turkmaniston prezidenti 26 nafar vazirni ishdan bo‘shatdi

Turkmaniston prezidenti 26 nafar vazirni ishdan bo‘shatdi
Foto: «Knews.kg»
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 26 dan ortiq vazirlarni ishdan bo‘shatdi va almashtirdi, deb yozadi Asia Plus. Vazirlar mahkamasi tarkibidagi o‘zgarishlar 8 iyul kuni idoraning kengaytirilgan majlisida, mansabdorlarning mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish haqidagi hisobotidan keyin yuz berdi.

Ishdan bo‘shatilganlar orasida ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, sport, yoshlar va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Saparturdi Toyliyev hamda vazirlar mahkamasi raisining iqtisodiy, bank va xalqaro moliyaviy tashkilotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muhammetguli Muhammedov ham bor.

Turkmaniston Fanlar akademiyasi prezidenti bo‘lib ham hisoblanuvchi Saparturdi Toyliyevning bo‘shatilishi sabablariga aniqlik kiritilmayapti. Rasmiy xabarda u yangi ishga o‘tishi aytilgan, biroq yangi lavozim haqida hech narsa ma’lum emas.

Muhammetguli Muhammedov bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga 25 mart kuni, Serdar Berdimuhamedov prezident sifatida qasamyod qabul qilganidan keyin bor-yo‘g‘i bir necha kun o‘tib, tayinlangan edi. Ushbu tayinlovga qadar mansabdor mamlakatning iqtisodiy, bank va xalqaro moliyaviy institutlarini boshqargan.

Shuningdek, yarim yillik yakunlari bo‘yicha majlisda qabul qilingan qator qarorlar natijasida hukumatdagi kamida 26 nafar vazir ham ishdan bo‘shatildi yoki boshqa lavozimlarga o‘tkazildi. Bu prezident Serdar Berdimuhamedov lavozimiga kirishganidan buyon yuz bergan eng yirik kadrlar almashinuvidir.

Bundan tashqari, prezident Turkmanistonning Avstriya, Yaponiya, Belgiya, Fransiya, Turkiya, Ozarbayjon, Ukraina va Janubiy Koreyadagi elchilarini ham o‘zgartirdi.

19 mart kungi inauguratsiyasidan keyin Serdar Berdimuhamedov vazirlar mahkamasi va xavfsizlik kengashi tarkibida asosiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti 26 nafar vazirni ishdan bo‘shatdi